Sport

Erling Xoland “Real Madrid”ga o‘tishi mumkin — klub rahbariyati transferni muhokama qilmoqda

Klub Xoland va Mbappeni bir jamoada jamlash orqali hujum chizig‘ini kuchaytirishni maqsad qilgan.

Erling Xoland “Real Madrid”ga o‘tishi mumkin — klub rahbariyati transferni muhokama qilmoqda

“Real Madrid” futbol klubi prezidenti Florentino Peres jamoa tarkibini yanada kuchaytirish maqsadida bir qator strategik transfer variantlarini ko‘rib chiqmoqda. Bu borada klub rahbari “Manchester Siti” hujumchisi Erling Xolandni sotib olish imkoniyatini muhokama qilayotgani ma’lum qilindi. Mazkur ma’lumotni Cadena Ser nashri e’lon qilgan bo‘lib, unga ko‘ra, Xoland transferi Vinisius Juniorning ehtimoliy sotilishi bilan bog‘liq tarzda amalga oshirilishi mumkin.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, “Real Madrid” prezidenti jamoada Xoland va Kilian Mbappe kabi hujumchilarning bir vaqtning o‘zida harakat qilishini istamoqda. Agar Vinisius Junior boshqa klubga transfer qilinsa, undan tushadigan mablag‘ norvegiyalik hujumchi bilan shartnoma tuzish uchun yo‘naltiriladi.

 

Avvalroq Vinisiusga Saudiya Arabistonining bir nechta professional futbol klublari tomonidan qiziqish bildirildi. 25 yoshli braziliyalik futbolchining “Real Madrid” bilan amaldagi shartnomasi 2027-yil yoziga qadar amal qiladi. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 170 million yevro deb baholamoqda. O‘tgan mavsumda Vinisius 58 ta rasmiy uchrashuvda ishtirok etib, 22 ta gol urgan va 19 ta golli uzatma bergan.

 

Shu bilan birga, “Manchester Siti” safida to‘p surayotgan Erling Xoland joriy mavsumda 48 ta o‘yinda 34 ta gol urgan va 5 ta assist muallifiga aylangan. 25 yoshli norvegiyalik hujumchining klub bilan shartnomasi 2034-yilning iyun oyigacha amal qiladi. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, uning bozor bahosi 180 million yevroga teng.

 

Florentino Peresning rejalariga ko‘ra, mazkur transfer amalga oshirilsa, “Real Madrid” jahon futbolining eng kuchli hujum chizig‘iga ega klublardan biriga aylanishi mumkin.

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Erling Xoland “Real Madrid”ga o‘tishi mumkin — klub rahbariyati transferni muhokama qilmoqda | Zamon.uz