O'zbekiston

“Dukkakli mahsulotlar hosilining 30 foizi isrof bo‘lmoqda”

Prezident videoselektor yig‘ilishida hokimlar faoliyatini tanqid qildi.

“Dukkakli mahsulotlar hosilining 30 foizi isrof bo‘lmoqda”

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tayotgan videoselektor yig‘ilishida dukkakli mahsulotlar hosili isrof bo‘layotgani tanqid qilindi.

 

Qayd etilishicha, Eksportda eng katta zaxiralardan biri – dukkakli mahsulotlar. Har yili 450 million dollarlik loviya, mosh, tariq va no‘xat eksport qilinmoqda.

 

Bu ekinlar paxta bilan bir vaqtda yetilgani, ishchi kuchi yetishmagani uchun hosilning 30 foizi isrof bo‘lmoqda. Lekin birorta hokim shu paytgacha yangi ekin yerlarini ko‘paytirish u yoqda tursin, tayyor hosilning o‘zidan 150-200 million dollar eksport boy berilayotganini hisob-kitob qilmagani tanqid qilindi.

 

Butun dunyoda fermerlar dukkakli ekinlarni maxsus kombayn bilan yig‘ishtiradi. Shu bois Qishloq xo‘jaligi jamg‘armasidan dukkakli ekin ekish-yig‘ish texnikalariga 15 foizgacha subsidiya berilishi, kredit stavkasining 10 foizdan oshgan qismi qoplab berilishi eʼlon qilindi.

 

Mutasaddilarga bir oyda ushbu tizimni yo‘lga qo‘yish, yil oxirigacha 200 ta bunday texnikani olib kelish topshirildi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

“Dukkakli mahsulotlar hosilining 30 foizi isrof bo‘lmoqda” | Zamon.uz