Ustyurtga chiqqan haydovchi g‘oyib bo‘ldi
Mashina topilgan, lekin haydovchi yo‘q. U bir haftadan beri qidirilmoqda.

Ustyurt platosida qurilayotgan shamol elektr stansiyasi loyihasiga konteyner olib ketayotgan “KAMAZ” yuk mashinasi va uning haydovchisi bilan bog‘liq hodisa yuz bergani aytilmoqda.
Maʼlumotlarga ko‘ra, bir hafta oldin yuk mashinasi manziliga yetib bormay, cho‘l hududida yo‘qolib qolgan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan olib borilgan qidiruv ishlaridan so‘ng ikki kun deganda yuk mashinasining o‘zi topilgan.
Biroq haydovchi mashinada bo‘lmagan. U suv yoki yordam izlab, transport vositasini tashlab ketishga majbur bo‘lgan bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.
Ayni paytda Qo‘ng‘iroq tumani FVV bo‘limi tomonidan dronlar jalb etilgan holda haydovchini qidirish ishlari davom ettirilmoqda.







