Eng dolzarb

“A.U.Y.”: Jinoyatni targ‘ib qiluvchi tuzilma yoshlar orasida yoyilmoqda

DXX “A.U.Y.” deb ataluvchi Rossiyada taqiqlangan jinoyatchilik harakatining yoshlar va mehnat migrantlari orasida tarqalayotganidan ogohlantirib, uning og‘ir huquqiy oqibatlariga e’tibor qaratmoqda.

“A.U.Y.”: Jinoyatni targ‘ib qiluvchi tuzilma yoshlar orasida yoyilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati fuqarolar, xususan, yoshlar va xorijda vaqtincha mehnat faoliyati bilan band bo‘lgan shaxslarni “A.U.Y.” deb ataluvchi jinoyatga undovchi guruhlarning tahdidi borasida jiddiy ogohlantiradi.

 

Mazkur harakat ilk bor Rossiya Federatsiyasida shakllangan bo‘lib, u yerda “mahbuslar qonun-qoidalari”ni targ‘ib qiladi va jamiyatga jinoyatchilik mafkurasini singdirishga urinadi. Rossiya hukumati tomonidan 2020-yilda ekstremistik tashkilot deb topilgan va taqiqlangan bu tuzilma bilan bog‘liq har qanday faoliyat uchun jinoiy javobgarlik belgilangan.

 

Afsuski, ushbu zararli mafkura bugungi kunda ayrim o‘zbekistonlik yoshlar orasida, ayniqsa Rossiyada ishlayotgan mehnat migrantlari orasida ham tarqalmoqda. So‘nggi yillarda bir nechta yurtdoshlarimiz mazkur harakatga aloqadorligi uchun jazoga tortilgan.

 

Bu tuzilma asosan ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar va video platformalar orqali yoshlar ongiga ta’sir o‘tkazishga harakat qilmoqda. “Zakon po ponyatiyam”, “bratva”, “sovet” kabi atamalar orqali jinoyatchilik mafkurasini ommalashtirish, “do‘stona guruh” ko‘rinishida e’tiborni jalb qilish — ushbu harakatning asosiy usullaridan biridir. Biroq bunday “guruhlar” bilan aloqaga kirishish fuqaroni bevosita jinoiy faoliyatga jalb qilishi mumkin.

 

Rossiya qonunchiligiga ko‘ra, “A.U.E.” faoliyatida ishtirok etish yoki uni targ‘ib qilish quyidagi jazolar bilan yakunlanishi mumkin:

 

300 mingdan 600 ming rublgacha jarima;

 

1 yildan 6 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish;

 

1 yildan 4 yilgacha majburiy mehnatga jalb etish.

 

Bu nafaqat shaxsning erkinligini, balki uning huquqiy maqomi, ish o‘rni, yashash huquqi va oilasi kelajagini xavf ostiga qo‘yadi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida bo‘ron oqibatida kamida 111 kishi halok bo‘lib, 72 kishi jarohat olgan.

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

“A.U.Y.”: Jinoyatni targ‘ib qiluvchi tuzilma yoshlar orasida yoyilmoqda | Zamon.uz