O'zbekiston

Yangi o‘quv yilida 738 ming bola 1-sinfga chiqadi, hozirgacha 600 ming bola qabul qilingan

Bu yil 2018-yil 31-dekabriga qadar tug‘ilgan bolalar maktabga qabul qilinadi, jarayon esa 15-avgustgacha davom etadi.

Yangi o‘quv yilida 738 ming bola 1-sinfga chiqadi, hozirgacha 600 ming bola qabul qilingan

O‘zbekistonda 2025/2026-o‘quv yilida 738 ming nafar bola ilk bor maktab ostonasini hatlaydi. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, hozirga qadar qariyb 600 ming bola 1-sinfga qabul qilindi, jarayon esa 15-avgustgacha davom etadi. “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, bu yil 2018-yil 31-dekabriga qadar tug‘ilgan bolalar maktabga qabul qilinadi.

 

Yangi o‘quv yilida 1-sinfga qadam qo‘yayotgan har bir bola Prezident sovg‘asi sifatida 12 nomdagi o‘quv qurollarini oladi. Ular orasida o‘quv sumkasi, daftarlar, ruchka, qalamlar, rangli qog‘oz, plastilin, rasm daftari, o‘chirg‘ich, akvarel bo‘yoqlar, yelim va qalamdon mavjud. Bu to‘plamlar “Ta’lim-ta’minot va logistika” xizmati orqali hududlarga 1–10-avgust, maktablarga esa 10–20-avgust kunlari yetkaziladi.

 

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, 2025/2026-o‘quv yilida mamlakat bo‘ylab 10 170 dan ortiq umumta’lim maktabida 6,7 million nafar o‘quvchi ta’lim oladi. Yangi o‘quv yili arafasida 30 dan ortiq yangi maktab foydalanishga topshiriladi. Bundan tashqari, ijtimoiy va ishlab chiqarish dasturlari hamda boshqa manbalar hisobidan 379 ta maktabda qurilish va ta’mirlash ishlari olib borilmoqda, natijada 112 mingga yaqin yangi o‘quvchi o‘rinlari yaratiladi.

 

Shuningdek, vazirlik ta’lim sifati past bo‘lgan 470 ta maktab ro‘yxatini tasdiqladi. Bu kabi maktablarning eng ko‘pi Qashqadaryo viloyatida — 99 ta. Mutaxassislar bunday muassasalarda ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha alohida dasturlar ishlab chiqilishini ta’kidlamoqda.

custom img

Tracker rulida 5-sinf o‘quvchisi: Farg‘onada ota javobgarlikka tortildi

Voyaga yetmagan bolaning avtomobil boshqarayotgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

custom img

42 ta sertifikat evaziga 2,1 mln so‘m: Surxondaryoda bo‘lim boshlig‘i pora bilan ushlandi

Sanitariya bo‘limi boshlig‘i maktabgacha taʼlim tashkiloti rahbariga 42 nafar xodimga sanitariya sertifikatlari berilishini vaʼda qilib, pul talab qilgan.

custom img

Kuzovni ko‘tarish qimmatga tushdi: Qashqadaryodan Samarqandga elektr uzatuvchi tarmoq o‘chdi

Uning o‘chishi Buxoro viloyatidagi shamol elektr stansiyalarining ishlab chiqarish quvvatiga ham taʼsir ko‘rsatgan.

custom img

Peshona suyagini yemirgan o‘simta: 21 yoshli ayolning yuzi 3D implant bilan tiklandi

Olti oy davomida bosh og‘rig‘i va ko‘ngil aynishidan aziyat chekkan ayolda peshona suyagini yemirib borgan o‘sma aniqlandi.

custom img

Ish joyidagi tazyiq va zo‘ravonlik: yangi portal ishga tushiriladi

O‘zbekistonda ish joylarida xavfsiz va hurmatga asoslangan muhit yaratishga qaratilgan yangi dastur amalga oshiriladi.

custom img

O‘quvchilar eshakda maktabga qatnamoqda: MMTB izoh berdi

Mutasaddi tashkilotlar o‘quvchilarning maktabga xavfsiz va qulay qatnovini taʼminlash hamda yo‘l infratuzilmasini yaxshilash choralarini ko‘rib chiqmoqda.

custom img

1,3 gektarlik hududda avtoturargoh: Milliy kutubxona ortidagi loyiha maʼlum qilindi

Toshkentdagi Milliy kutubxona ortidagi hududda davlat-xususiy sheriklik asosida pulli avtoturargoh va jamoat makoni tashkil etish rejalashtirilmoqda.

custom img

Buxoro tarixiy hududida cheklov: elektrosamokat va mopedlar harakati taqiqlanadi

Yangi tartib 2026-yil 1-oktyabrdan kuchga kiradi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"