Sport

Mashhur “Al Hilol” klubi Qarshiga keladi

Qur’a natijasida “Nasaf” Saudiya, Eron va Iroqning kuchli jamoalari bilan bir guruhga tushdi.

Mashhur “Al Hilol” klubi Qarshiga keladi

Bugun, 15-avgust kuni Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida Elit Osiyo Chempionlar ligasi (OCHL) guruh bosqichi uchun qur’a tashlandi. Qarshining “Nasaf” klubi Saudiya Arabistonining yulduzli “Al Hilol” jamoasi bilan bir guruhga tushdi va ushbu raqib bilan o‘z uyida kuch sinashadi.

 

“Nasaf”ning guruhdagi raqiblari orasida Eronning “Traktor”, Iroqning “Ash-Shorta” va BAAning “Al-Vahda” klublari ham bor. Safarda esa o‘zbekistonlik futbolchilar “Shabab al-Ahli”, “Sharja” (ikkalasi ham BAA), shuningdek, Saudiya grandlari — “Al-Ittihod” va “Al-Ahli”ga qarshi o‘ynaydi.

 

Elit OCHL uchrashuvlari 15-sentyabrda start oladi va 2026-yil mayiga qadar davom etadi. Guruh bosqichi sentyabr–fevral oylarida o‘tkazilib, yakuniy bosqich — chorak finaldan finalgacha bo‘lgan o‘yinlar — 2026-yil aprel oyida Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadi.

 

Shuningdek, OCHL 2 turnirida qatnashadigan Andijonning “Burgutlar” jamoasi ham o‘z raqiblarini bilib oldi. Ular Qatarning “Al Ahli”, Turkmanistonning “Arqadag‘” va Bahraynning “Al Xoldiya” klublariga qarshi maydonga tushadi. Shu tariqa, yangi mavsumda o‘zbek klublarini Osiyo miqyosida juda qiziqarli va kuchli raqobat kutmoqda.

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Mashhur “Al Hilol” klubi Qarshiga keladi | Zamon.uz