O'zbekiston

Futbol bo‘yicha DXX kubogining final bosqichiga qurʼa tashlandi

Musobaqaning respublika bosqichi ertadan boshlanadi va 6 kun davom etadi.

Futbol bo‘yicha DXX kubogining final bosqichiga qurʼa tashlandi

2021 yildan boshlab respublika yoshlari o‘rtasida futbol hamda mini-futbol bo‘yicha Davlat xavfsizlik xizmati kubogi musobaqalari o‘tkazilib kelinmoqda.

 

Yoshlar o‘rtasida katta qiziqishga sabab bo‘layotgan mazkur ommaviy sport tadbirining nufuzi va geografiyasi tobora ortib bormoqda.

 

Joriy yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida o‘g‘il bolalar o‘rtasida futbol va mini-futbol hamda qizlar o‘rtasida mini-futbol bo‘yicha DXX kubogi musobaqalari uch bosqichda o‘tkazilmoqda.

 

Birinchi bosqich – tuman/shaharlar kesimida aprel-may oylarida o‘tkazildi.

 

Ikkinchi bosqich – Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri miqyosida iyun-iyul oylarida o‘tkazildi.

 

Taʼkidlanishicha, bu yilgi DXX kubogi musobaqalari respublika bo‘yicha 254 ming nafardan ortiq yoshlarni qamrab oldi.

 

Respublika bosqichi – 18-23 avgust kunlari “Bunyodkor” futbol akademiyasi maydonlarida tashkil etilib, unda 42 ta jamoa g‘oliblik uchun kurashadi. Final o‘yini esa 23 avgust kuni “Jar” stadionida o‘tkaziladi.

 

Bugun, 17 avgust kuni Toshkent shahridagi “Bunyodkor” stadionida yoshlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan futbol va mini-futbol bo‘yicha DXX kubogi musobaqalarining respublika bosqichi uchun qurʼa tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. O‘yinlar ertaga, 18 avgust kunidan boshlanadi.

 

Maʼlum qilinishicha, respublika bosqichida – o‘g‘il bolalar o‘rtasida futbol va mini-futbol bo‘yicha g‘olib bo‘lgan jamoalar mahallasiga mini-futbol maydoni, 2-o‘rinni egallagan jamoalar uchun universal sport maydoni (basketbol va voleybol o‘yinlari uchun mo‘ljallangan), 3-o‘rinni egallagan jamoalar mahallasiga “Stritbol” (bir savatli ko‘cha basketboli) sport maydoni qurib beriladi.

 

Qizlar musobaqasida g‘olib va sovrindor bo‘lgan jamoalar pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Futbol bo‘yicha DXX kubogining final bosqichiga qurʼa tashlandi | Zamon.uz