Sport

Bu yilgi DXX kubogi Sirdaryoga nasib etdi (fotoreportaj)

Finalda Sirdaryo va Qashqadaryo jamoalari birinchilik uchun kurashdi.

Bu yilgi DXX kubogi Sirdaryoga nasib etdi (fotoreportaj)

Kecha, 23 avgust kuni Toshkent shahridagi “JAR” stadionida Davlat xavfsizlik xizmati kubogining mini-futbol va futbol bahslari final o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. ZAMON.UZ futbol bo‘yicha final uchrashuvidan fotoreportaj tayyorladi.

 

 

 

 

 

Maʼlum qilinishicha, respublika bo‘yicha jami 727 ming nafardan ortiq yoshlar musobaqalarda ishtirok etdi va bu yilgi musobaqa natijalari quyidagicha bo‘ldi.

 

Mini futbol qizlar o‘rtasidagi natijalar:

  • 1-o‘rin — Navoiy viloyati, Xatirchi tumani, Jaloyir mahallasi;

  • 2-o‘rin — Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani, Komolot mahallasi;

  • 3-o‘rin — Samarqand viloyati, Jomboy tumani, No‘sh mahallasi mahallasi jamoalari g‘olib va sovrindor bo‘lishdi.

 

Mini futbol o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi natijalar:

  • 1-o‘rin — Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Yangi Beltepa mahallasi;

  • 2-o‘rin — Samarqand viloyati, Toyloq tumani, Tepaqishloq mahallasi;

  • 3-o‘rin  — Qashqadaryo viloyati, Koson tumani, Mug‘jagul mahallasi jamoalari g‘olib va sovrindor bo‘lishdi.

 

Katta futbol final bahsi natijalari:

  • 1-o‘rin — Sirdaryo viloyati, Yangiyer shahar, Abduraxmon Jomiy mahallasi; 

  • 2-o‘rin — Qashqadaryo viloyati Kasbi tumani, Qoratepa mahallasi jamoasi;

  • 3 o‘rinni — Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Katta Qozirobod mahallasi jamoalari g‘olib va sovrindor bo‘lishdi.

     

Hal qiluvchi bahsda Sirdaryo viloyati, “Jomiy” mahallasi yoshlari Qashqadaryo viloyati jamoasini 1:0 hisobida mag‘lub etib, DXX kubogi sohibiga aylandi.

 

 

 

 

 

 

2-taym 37-daqiqada “Jomiy” mahallasi jamoasi aʼzosi Alisher Sobirjonovning raqib darvozasiga yo‘nalgan hujumi gol bilan yakunlandi.



custom img

Osiyo o‘yinlari: O‘zbekiston U-23 jamoasi chorak final yo‘llanmasini naqd qildi

Ravshan Haydarov shogirdlari muddatidan avval guruhdan chiqish vazifasini uddaladi.

custom img

Isroil boykot qilindi: Pokiston Isroilga qarshi doskaga chiqmadi

Samarqandda o‘tayotgan 46-FIDE Jahon shaxmat Olimpiadasining birinchi turida Pokiston shaxmat federatsiyasi shaxmatchilarini Isroilga qarshi o‘ynatmadi.

custom img

135 ta tegish va 95 foiz aniqlik: Abduqodir Xusanovning “Norvich”ga qarshi o‘yini qanday o‘tdi?

Sofascore o‘zbekistonlik futbolchi o‘yinini 7,6 ballga baholadi.

custom img

6 ta jamoa, 6 ta g‘alaba: O‘zbekiston shaxmat Olimpiadasini muvaffaqiyatli boshladi

O‘zbekistonning erkaklar jamoalari Yamayka, Afg‘oniston va Mali ustidan, ayollar jamoalari esa Trinidad va Tobago, Togo hamda Tanzaniya ustidan g‘alaba qozondi.

custom img

O‘zbek himoyachisi: Behruz Karimov Shveytsariyadagi ilk golini urdi

“Lugano” qoldirilgan tur uchrashuvida “Sankt-Gallen”ni 4:1 hisobida mag‘lub etib, turnir jadvalidagi peshqadamligini saqlab qoldi. Bellashuvda O‘zbekiston milliy jamoasi himoyachisi Behruz Karimov ham gol urdi.

custom img

Javohir Sindarov dunyoning 2-raqamli shaxmatchisiga aylandi

O‘zbekistonlik grossmeyster tezkor shaxmat reytingida birdaniga to‘rt pog‘ona yuqorilab, 2742,6 ochko bilan ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi.

custom img

Messi Ispaniyaning “Eldense” klubini sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishdi

Argentinalik futbol yulduzi Ispaniya professional futbolidagi investitsiyalarini kengaytirmoqda.

custom img

Sindorov — Karlsen: bugun shaxmat olamida katta to‘qnashuv

Sindorov yetakchiligidagi “FYERS American Gambits” jamoasi bugun Magnus Karlsen sardorligidagi “Alpine APL Pipers”ga qarshi bahs olib boradi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"