Paulu Bentu O‘zbekiston terma jamoasini boshqarish taklifini rad etdi
56 yoshli mutaxassis avval Portugaliya va Janubiy Koreya terma jamoalariga murabbiylik qilgan.

Portugaliyalik tajribali mutaxassis Paulu Bentu O‘zbekiston milliy terma jamoasini bosh murabbiy sifatida boshqarish bo‘yicha taklifni qabul qilmadi.
“A Bola” nashrining xabariga ko‘ra, sobiq Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi O‘zbekiston Futbol assotsiatsiyasi bilan muzokaralarda qatnashgan bo‘lsa-da, taqdim etilgan shartlar uning faoliyatidagi ushbu bosqich uchun kutilgan darajaga mos kelmagan. Shu sababli, mutaxassis taklifni rad etishga qaror qilgan.
Ma’lumot uchun, 56 yoshli murabbiy avvalroq Portugaliya (2010–2014), shuningdek, 2022-yilgi jahon chempionatida Janubiy Koreya terma jamoalariga murabbiylik qilgan. Joriy yil mart oyida u BAA terma jamoasidagi faoliyatini ham yakunlagan edi.
Ayni paytda O‘zbekiston milliy terma jamoasi CAFA Nations Cup musobaqasida ishtirok etmoqda. Terma jamoaga vaqtincha Timur Kapadze rahbarlik qilmoqda.







