Sport

JCh-2025: O‘zbekiston bokschilari 9 jangda 9 ta g‘alaba qozondi

Liverpoolda o‘tayotgan jahon chempionatida ringga chiqqan barcha o‘zbekistonlik bokschilar o‘z raqiblarini mag‘lub etib, milliy terma jamoamizning mag‘lubiyatsiz seriyasini davom ettirdi.

JCh-2025: O‘zbekiston bokschilari 9 jangda 9 ta g‘alaba qozondi

Angliyaning Liverpool shahrida boks bo‘yicha Jahon chempionati qizg‘in pallaga kirib bormoqda. Musobaqaning 9-sentabr kungi janglarida o‘zbekistonlik bokschilar yuqori natija ko‘rsatib, xalqaro ringda navbatdagi muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritishdi.

 

Kun davomida ringga chiqqan 9 nafar vakilimizning barchasi o‘z raqiblarini ishonchli tarzda mag‘lub etdi. Natijada O‘zbekiston terma jamoasi musobaqada mag‘lubiyatsiz yurishini davom ettirmoqda. Bunday seriya sportchilarimizning tayyorgarligi va jismoniy hamda ruhiy barqarorligini yana bir bor isbotladi.

 

1/8 final bosqichida Feruza Kazakova (−51 kg) braziliyalik Karoline De Almeydani, Sitora Turdibekova (−60 kg) italiyalik Rebekka Nikolini, Mirazizbek Mirzahalilov (−55 kg) eronlik Mahdiy Kozimiyni, Javohir Ummataliev (−80 kg) koreyalik Kim Min Seongni, Sabina Boboqulova (−48 kg) polshalik Angelika Kristoforskani, Shodiyorjon Meliquziyev (−50 kg) avstraliyalik Omer Izazni, Asadxuja Mo‘ydinxo‘jayev (−65 kg) finlyandiyalik Ismoil Umarni va Akmaljon Isroilov (−85 kg) avstraliyalik Lachlan Lousonni yengishdi.

 

Shuningdek, chorak finalda ringga chiqqan Aziza Zokirova (−70 kg) Germaniya vakili Leonie Myullerni ortda qoldirib, keyingi bosqichga yo‘l oldi. Shu tariqa, o‘zbekistonlik bokschilar 9 jangda 9 g‘alaba bilan xalqaro musobaqada milliy sportimiz qudratini yana bir bor namoyon qilishdi.

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

JCh-2025: O‘zbekiston bokschilari 9 jangda 9 ta g‘alaba qozondi | Zamon.uz