Sport

JCH: O‘zbekistonlik 5 bokschi finalga chiqdi

Yana olti nafar bokschimiz yarim final janglarida ringga chiqishi kutilmoqda.

JCH: O‘zbekistonlik 5 bokschi finalga chiqdi

Buyuk Britaniyaning Liverpul shahrida World Boxing tashkiloti tomonidan o‘tkazilayotgan kattalar o‘rtasidagi Jahon chempionati qizg‘in davom etmoqda. 12-sentabr kuni yarim final bahslarida ishtirok etgan barcha o‘zbekistonlik bokschilar final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

 

Musobaqaning 1/2 final bosqichida -65 kg vazn toifasida Navbahor Hamidova Xitoy Taypeyi vakili Chen Nien-Chinni 3:2 hisobida mag‘lub etdi. 60 kg vazn toifasida Abdumalik Xalokov yaponiyalik Shunsuke Kitamotoni 5:0 hisobida yengdi.

 

Shuningdek, 75 kg vazn toifasida Fazliddin Erkinboev ozarbayjonlik Saidjamshid Jafarov ustidan 4:1 hisobida g‘alaba qozondi. 90 kg vaznda To‘rabek Habibullaev ispaniyalik Enmanuel Rees Plani 4:1 hisobida ortda qoldirdi. +90 kg vazn toifasida esa Jahongir Zokirov xitoylik Danabieke Bayikevuzeni 5:0 hisobida mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi.

 

O‘zbekiston delegatsiyasi besh nafar finalchiga ega bo‘ldi. Qolaversa, yana olti nafar bokschimiz yarim final janglarida ringga chiqishi kutilmoqda.

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

JCH: O‘zbekistonlik 5 bokschi finalga chiqdi | Zamon.uz