Murodjon Ahmadaliyev Naoya Inoue bilan jangda mag‘lub bo‘ldi
O‘zbekistonlik bokschi professional faoliyatida ikkinchi marta mag‘lubiyatga uchradi.

14-sentyabr kuni Yaponiyaning Naqoya shahrida professional boks kechasi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan ikkinchi eng yengil vazn toifasidagi bokschi Murodjon Ahmadaliyev mutlaq jahon chempioni, yaponiyalik Naoya Inoue bilan ringga chiqdi.
Qizg‘in va keskin ruhda kechgan 12 raundlik bellashuv yakunida hakamlar qaroriga ko‘ra, Inoue 118:112, 118:112 va 117:111 hisobida g‘alaba qozondi hamda o‘zining jahon chempionlik kamarlarini himoya qilib qoldi.
Ahmadaliyev mazkur natija bilan professional faoliyatidagi ikkinchi mag‘lubiyatini qayd etdi.







