Eng dolzarb

Erdo‘g‘an 15-dekabrni Butunjahon turkiy til kuni sifatida belgilashni taklif qildi

Turkiya rahbari umumiy turkiy alifboni tezroq joriy etish zarurligini ta’kidladi.

Erdo‘g‘an 15-dekabrni Butunjahon turkiy til kuni sifatida belgilashni taklif qildi

7-oktabr kuni Gabala shahrida o‘tkazilgan Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) Davlat rahbarlari kengashining 12-sammitida Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an turkiy xalqlar o‘rtasidagi madaniy va til birligini yanada mustahkamlash maqsadida 15-dekabr sanasini Butunjahon turkiy til oilasi kuni sifatida nishonlashni taklif etdi.

 

Turkiya rahbari ushbu tashabbusni 30-oktabr kuni Samarqandda bo‘lib o‘tadigan UNESCO’ning 43-sessiyasida taqdim etishni maqsad qilganini ma’lum qildi. Erdo‘g‘an, shuningdek, hozircha TDTda kuzatuvchi maqomida bo‘lgan Turkmanistonning to‘laqonli a’zolikka qo‘shilishini istashini bildirdi.

 

Prezident umumiy turkiy alifbo masalasiga to‘xtalar ekan, qirg‘iz yozuvchisi Chingiz Aytmatov hamda “O‘g‘uznomalar” asarlari aynan shu yangi alifboda nashr etilganini va ushbu nashrlarning namunalarini sammit ishtirokchilariga taqdim etishini ta’kidladi.

 

Ma’lumot uchun, 2024-yil 11-sentyabr kuni Ozarbayjonning Boku shahrida Xalqaro Turk akademiyasi va Turk lingvistlari jamiyati tomonidan 34 harfdan iborat yagona turkiy alifbo loyihasi tasdiqlangan edi. Ushbu tashabbus ilk bor 1991-yilda ilgari surilgan bo‘lib, barcha turkiy davlatlar olimlari tomonidan qo‘llab-quvvatlangan.

 

Mutaxassislarning fikricha, lotin yozuvidan foydalanayotgan O‘zbekiston, Turkiya va Ozarbayjon uchun yagona alifboga o‘tish jarayoni nisbatan silliq kechadi. Shu bilan birga, ayrim davlatlarda, xususan Qirg‘izistonda, bu o‘zgarish siyosiy qarorlarga bog‘liq bo‘lishi mumkin.

 

Yagona turkiy alifbo joriy etilishi madaniy hamjihatlikni mustahkamlash, ilmiy va nashriy faoliyatda o‘zaro tushunishni osonlashtirish hamda turkiy davlatlar o‘rtasida ramziy birlashuvni ifoda etishi kutilmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida bo‘ron oqibatida kamida 111 kishi halok bo‘lib, 72 kishi jarohat olgan.

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

Erdo‘g‘an 15-dekabrni Butunjahon turkiy til kuni sifatida belgilashni taklif qildi | Zamon.uz