Eng dolzarb

Oksford universitetida o‘zbek tilini o‘rganish loyihalari yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilmoqda

Saida Mirziyoyeva Buyuk Britaniya Adliya vaziri bilan ta’lim sohasidagi hamkorlikni muhokama qildi.

Oksford universitetida o‘zbek tilini o‘rganish loyihalari yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilmoqda

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva 15-oktyabr kuni Buyuk Britaniya Bosh vaziri o‘rinbosari, Adliya vaziri Devid Lemmi bilan uchrashuv o‘tkazdi.

 

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi ta’lim va madaniy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Xususan, O‘zbekiston maktablarida Kembrij ta’lim dasturlarining ayrim yo‘nalishlarini joriy etish, ingliz tilida so‘zlashuvchi malakali o‘qituvchilarni jalb qilish hamda Oksford universitetida o‘zbek tilini o‘rganish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘yish istiqbollari ko‘rib chiqildi.

 

Uchrashuvda inson kapitalini rivojlantirish, yoshlar uchun zamonaviy bilim olish imkoniyatlarini kengaytirish va ikki mamlakat o‘rtasidagi ilmiy-ma’rifiy aloqalarni yanada mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

 

Saida Mirziyoyeva bunday tashabbuslar O‘zbekiston va Buyuk Britaniya xalqlari o‘rtasidagi o‘zaro ishonch va do‘stlik rishtalarini yanada mustahkamlashda muhim o‘rin tutishini ta’kidladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida bo‘ron oqibatida kamida 111 kishi halok bo‘lib, 72 kishi jarohat olgan.

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

Oksford universitetida o‘zbek tilini o‘rganish loyihalari yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilmoqda | Zamon.uz