Jahon

Saudiya sobiq razvedka rasmiysi AQSHdan yordam so‘ramoqda

Saudiya Arabistonining sobiq razvedka rasmiysi Saʼd al-Jabriy bir paytlar qirollikning eng sirli insonlaridan biri edi. Bugun esa u Kanadada surgunda, qirollikning de-fakto hukmdori Valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon bilan keskin qarama-qarshilikka uchramoqda.

Saudiya sobiq razvedka rasmiysi AQSHdan yordam so‘ramoqda

Saudiya Arabistonining sobiq razvedka rasmiysi Saʼd al-Jabriy bir paytlar qirollikning eng sirli insonlaridan biri edi. U milliardlab dollarlik xavfsizlik loyihalarini boshqargan, xalqaro terrorizmga qarshi operatsiyalarni rejalashtirgan va AQSH Kongressi aʼzolari orasida ham hurmat qozongan edi.

Bugun esa u Kanadada surgunda, qirollikning de-fakto hukmdori Valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon bilan keskin qarama-qarshilikka uchramoqda. Shahzoda uni korrupsiyada ayblamoqda. Davlatga qarashli Sakab Saudi Holding Company Kanadada unga qarshi daʼvo ochgan — ular Jabriy 5 milliard dollardan ortiq mablag‘ni o‘zlashtirgan deb daʼvo qilmoqda. Sud jarayoni kelasi yilda boshlanishi kutilmoqda.

 

AQSH sudidan yordam so‘rov

Al-Jabriy yaqinda AQSHning Virjiniya shtatidagi federal sudga murojaat qilib, sobiq amerikalik xavfsizlik amaldorlarini uning himoyasida qatnashishga majbur qilishni so‘radi. Unga ko‘ra, bu ishda AQSH rasmiylarining guvohligi, u o‘zlashtirganlikda ayblanayotgan mablag‘lar aslida terrorchilikka qarshi operatsiyalarni moliyalash uchun sarflanganini isbotlashga yordam beradi.

 

Biroq bu so‘rov AQSH va Saudiya o‘rtasidagi nozik siyosiy pallada yangradi. Chunki Tramp maʼmuriyati hozirda Yaqin Sharqda barqarorlikni taʼminlashda Saudiya Arabistonini asosiy ittifoqchi sifatida ko‘radi. Shu oyda shahzoda Muhammadning Vashingtonga safari ham rejalashtirilgan.

 

Sobiq ittifoqdoshdan dushmanga

 

Al-Jabriy avvalroq sobiq valiahd shahzoda Muhammad bin Nayefning yaqin yordamchisi bo‘lgan. U 2015 yilda lavozimidan bo‘shatilgan va 2017 yilda mamlakatni tark etgan — o‘sha paytda bin Salmon hokimiyatni o‘z qo‘liga to‘liq olgan edi.

 

Shundan so‘ng al-Jabriy shahzodani o‘ldirishga urinish va bolalarini garov sifatida tutib turishda aybladi. U 2018 yilda Kanadaga yuborilgan “qotillar guruhi” o‘zini yo‘q qilishga urinib, 2020 yilda esa uning ikki voyaga yetgan farzandi Riyozda hibsga olinganini daʼvo qilgan.

 

Jabriyning aytishicha, korrupsiya bo‘yicha daʼvolar — aslida siyosiy qasos va tanqidchilarni, jumladan 2018 yilda Istanbulda o‘ldirilgan Washington Post jurnalisti Jamal Xashog‘chini jim qilish kampaniyasining bir qismidir.

 

2021 yilda AQSH razvedkasi bu qotillikni bin Salmonning roziligi bilan amalga oshirilganini bildirgan edi.

 

Saudiya hukumati bu xulosalarni keskin rad etdi va Jabriyning farzandlari “pul yuvish” kabi jinoyatlar uchun hibsga olinganini bildirdi. Shahzoda advokatlari esa Jabriyni “xalqaro qochqin” deb atab, u ayblovlardan chalg‘itish uchun bu hikoyalarni to‘qib chiqarganini aytmoqda.

 

Sud ishlari va “davlat siri” to‘siqlari

 

Har ikki tomon ham bir-birini sudga bergan, biroq maxfiylik sababli ishlar sekin yurmoqda. 2020 yilda Jabriy Vashingtonda bin Salmonni “Kanadadagi suiqasdga urinishni buyurganlikda” ayblab sudga bergan, ammo sud shahzodaning diplomatik immuniteti sababli ishni rad etgan.

 

Saudiyaning Sakab kompaniyasi esa Jabriyni Kanadada va keyinroq AQSHning Massachusets shtatida sudga berdi, uning aktivlarini muzlatish talab qilingan. Ammo AQSH hukumati bu ishda “davlat sirlarini himoya qilish huquqini” (state secrets privilege) ishga solganidan so‘ng, ish to‘xtatildi.

 

Endilikda al-Jabriy Virjiniya sudidan yana shu masalada yordam so‘ramoqda — u sobiq AQSH xavfsizlik amaldorlarini guvohlikka chaqirishni istaydi, hatto bu ayrim maxfiy maʼlumotlarning oshkor bo‘lishiga sabab bo‘lsa ham.

 

Mutaxassislar fikri

 

Yuridik ekspertlar bu so‘rov qondirilish ehtimoli pastligini aytishmoqda. Ammo bu holat “davlat siri” mexanizmining ortiqcha va siyosiy maqsadda qo‘llanishi haqida bahslarni yana jonlantirdi.

 

“Davlat siri himoyasi jarrohlik asbobi kabi nozik vosita bo‘lishi kerak, ammo ko‘pincha u bolg‘a kabi ishlatiladi”, — dedi Filadelfiya universiteti Jeffrey Vagle.

 

So‘nggi o‘n yilliklarda AQSH hukumati bu huquqdan tobora kengroq foydalanmoqda, sudlar esa bu qarorlarni kam hollarda tanqid qiladi. Natijada ayrim ishlar “maxfiylik bahonasida” yopilib ketadi.
Kanada Bosh prokurori ham Jabriyning ishiga aralashgan — u maxfiy hujjatlarni ko‘rib chiqish uchun ruxsat so‘ragan. Kanada sudi yil oxirigacha bu dalillar sudda taqdim etilishi mumkin yoki yo‘qligi bo‘yicha qaror chiqaradi.

 

Jabriyning Virjiniya sudiga taqdim etgan arizasida (birinchi bo‘lib CourtWatch tomonidan eʼlon qilingan) AQSH Adliya departamenti bu so‘rovga qarshi chiqishini bildirgan. Ular bu himoya “davlat siri”ga zid bo‘lishini aytgan. Departament ham, Jabriyning va Sakabning advokatlari ham izoh bermagan.

 

“Maxfiylik vaqt o‘tishi bilan o‘zgaradi”

 

Amerikaning xalqaro huquq bo‘yicha nufuzli olimlaridan biri Ingrid Brunk bu masalaga izoh berar ekan, Jabriyning avvalgi urinishlari muvaffaqiyatsiz bo‘lganini tan oldi, biroq Virjiniyadagi sud bu safar masalaga jiddiy yondashishi kerakligini aytdi.

 

“Axborotning maxfiyligi vaqt o‘tishi bilan o‘zgaradi. Lekin, AQSH sudi: ʼBu Massachusetsda rad etilgan, ammo biz Kanadadagi ish uchun ruxsat beramiz’, deb aytishini tasavvur qilish qiyin”, — dedi Brunk.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Saudiya sobiq razvedka rasmiysi AQSHdan yordam so‘ramoqda | Zamon.uz