O'zbekiston

Qarib uch yilda yaratilgan, 29 yil avval ilk bor olimpiya o‘yinlarida ko‘tarilgan... Yoxud O‘zbekiston bayrog‘i muallifi kim?

Bugun davlat bayrog‘i nafaqat O‘zbekiston bo‘ylab ko‘plab rasmiy bino va joylar oldida, bayramlar maydonlariga, balki dunyo bo‘ylab — Birlashgan Millatlar Tashkiloti binosi oldida, O‘zbekistonning xorijiy mamlakatlardagi diplomatik, savdo vakolatxonalari va konsullik muassasalari binolari oldida O‘zbekiston davlat bayrog‘i hilpirab turadi.

Qarib uch yilda yaratilgan, 29 yil avval ilk bor olimpiya o‘yinlarida ko‘tarilgan... Yoxud O‘zbekiston bayrog‘i muallifi kim?

Bugun, 18 noyabr — O‘zbekiston respublikasi davlat bayrog‘i ta’sis etilgan kun.

 

“Uzbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi qonun 1991 yil 18 noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari o‘tkazilgan VII sessiyasida qabul qilingan.

 

Bayroq va uning ramzi O‘zbekiston sarhadida qadimda mavjud bo‘lgan davlatlar bilan tarixan bog‘liqligini anglatadi hamda respublikaning milliy-madaniy an’analarini o‘zida mujassamlashtiradi.

 

Jumladan, O‘zbekiston davlat bayrog‘i dunyo bo‘ylab O‘zbekiston degan nomni namoyon etib turuvchi eng muhim ramzi hisoblanadi. Ma’lumot uchun: bundan 29 yil muqaddam sportchilarimiz ilk bor O‘zbekiston bayrog‘i ostida olimpiya o‘yinlarida qatnashgan.

 

Ikki yarim yildan ortiq vaqt ketgan

 

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i, gerbi va madhiyasining ishlab chiqilishi va qabul qilinishi jarayoni ikki yarim yildan ko‘proq muddatni va amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan bir necha bosqichlarni o‘z ichiga olgan.

 

Birinchi, O‘zbekiston Respublikasining ramziy belgilarini ishlab chiqishga tayyorgarlik bosqichi amalga oshirilgan. Davlat bayrog‘i, gerbi va madhiyasini qabul qilish yuzasidan konstitutsiyaviy komissiya, ekspertlar guruhi va maxsus komissiya tuzilgan.

 

Ikkinchi, O‘zbekiston Respublikasi davlat ramzlari va ularning musiqaviy ekvivalentini ishlab chiqish bo‘yicha tanlov bosqichi amalga oshirilgan. Tayyorlov ishlari 1991 yil 11 fevraldan boshlab yuborilgan bo‘lsa, iyun oyida davlat bayrog‘i va gerbi loyihasiga dastlabki tanlov e’lon qilindi.

 

Uchinchi, loyihalarning umumxalq muhokamasi bosqichi amalga oshirildi. Bu bosqichda davlat bayrog‘i va gerbi emblemalari variantlari, madhiy matni hamda musiqasi matbuotda umumxalq muhokamasiga qo‘yildi.

 

To‘rtinchi, Tanlov va umumxalq muhokamasi natijalarining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashida umumlashtirilishi bosqichi. Taqdim etilgan davlat bayrog‘i emblemasi loyihalari ko‘pchilik deputatlarni qoniqtirmadi va ijodiy izlanishlar davom ettirildi.

 

Birinchi Prezident g‘oyasi...

 

Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov umumxalq muhokamasi davomida tushgan takliflarning asosiy g‘oyalarini mujassamlashtirib, davlat bayrog‘idagi uchta asosiy rangni – moviy, oq va yashil yo‘l-yo‘llarni o‘z qo‘li bilan chizib, komissiyaga taqdim etdi va uning ushbu tashabbusi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ini qabul qilishda asos vazifasini bajardi.

 

Shundan keyin tanlovda g‘olib deb topilgan davlat bayrog‘i loyihasining uch varianti parlament muhokamasiga qo‘yildi. Qizg‘in muhokamalardan so‘ng ularning ikkinchisi ko‘pchilik ovoz bilan asos sifatida qabul qilindi.

 

1991 yil 30 sentyabr kuni davlat bayrog‘ining emblemasi parlament qarori bilan qabul qilindi, 1991 yil 18 noyabr kuni parlament tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi.

 

Bugun davlat bayrog‘i nafaqat O‘zbekiston bo‘ylab ko‘plab rasmiy bino va joylar oldida, bayramlar maydonlariga, balki dunyo bo‘ylab — Birlashgan Millatlar Tashkiloti binosi oldida, O‘zbekistonning xorijiy mamlakatlardagi diplomatik, savdo vakolatxonalari va konsullik muassasalari binolari oldida O‘zbekiston davlat bayrog‘i hilpirab turadi.

 

Ma’lumot uchun: “O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i to‘g‘risidagi”ga ko‘ra, davlat bayrog‘ining standart bo‘yicha uzunligi 250 santimetr, kengligi 125 santimetrga teng. Rang enlari kengligi bir xil. Yangi oy va yulduzlar tasviri moviy rangli yuqori enning o‘rtasidan 70x30 santimetrga teng to‘g‘ri to‘rtburchakka sig‘adigan qilib joylashtirilgan. Yulduzlar uzunasiga va tikkasiga quyidagi tartibda joylashadi: yuqori qator uch va quyi qator besh yulduzdan iborat bo‘lib, bu o‘n ikki yulduz tasviri tushirilgan. O‘zbekiston Respublikasi bayrog‘idagi bu o‘n ikki yulduz qadimgi yilnomamizga bevosita aloqador. Yulduzlar sarhadimizda qadimgi davlatlar ilmiy tafakkurida nujum ilmi taraqqiy etganligi bilan ham izohlanadi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.