0

Rus propagandasi yana faollashdi

Yana bir rossiyalik propagandist, Kreml targ‘ibotchisi, jurnalist Vladimir Solovyev Markaziy Osiyoga o‘z burnini tiqmoqda. U efir vaqtida Markaziy Osiyoda ham “maxsus harbiy operatsiya” o‘tkazishni taklif qildi.

Rus propagandasi yana faollashdi

Yana bir rossiyalik propagandist, Kreml targ‘ibotchisi, jurnalist Vladimir Solovyov Markaziy Osiyoga o‘z burnini tiqmoqda. U efir vaqtida Markaziy Osiyoda ham “maxsus harbiy operatsiya” o‘tkazishni taklif qildi.

 

 

Shuningdek, u Armaniston va Markaziy Osiyoni Rossiya uchun strategik muhim hududlar deb atab, bu mintaqa mamlakatlari va Armanistonda harbiy operatsiya o‘tkazish mumkinligini ochiqchasiga aytdi.

 

Solovyov Markaziy Osiyoni bizning Osiyo deb taʼriflab, Rossiya uchun xalqaro huquq ahamiyatga ega emasligiga taʼkidladi.

 

Shundan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarning o‘zbek segmentida uning bu fikriga qarshi jamoatchilik eʼtiroz bildira boshladi.

 

Xususan, sobiq deputat Rasul Kusherboyev Solovyovning bu gaplariga O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi javob berish kerakligini yozmoqda.

 

Jurnalist Ilyos Safarov Solovyovning bu gaplari bu shunchaki hayp emas, balki Rossiya propagandasining eng tajovuzkor va xavfli yo‘nalishlarini ifodalovchi siyosiy signal ekanligini aytmoqda.

 

“Sir emas, rus propagandasi – haqiqatni buzish, qo‘rquv va adovatni ishlab chiqarishga xizmat qiladigan zaharli axborot mahsuloti. Solovyov esa ayni shu zaharni ommaga yetkazadigan eng faol va tajovuzkor uzatkichlardan biri. Solovyov Putinga yaqin shaxs sifatida ko‘p hollarda Kreml doiralarida shakllanayotgan qarashlarni ommaga moslab, balandroq va keskinroq shaklda ifodalab keladi, shu bois ham uning bu chiqishini oddiy telebahs darajasida baholab bo‘lmaydi”, — deya yozadi u o‘zining Facebook tarmog‘ida.

 

Safarov Solovyovning persona non grata, yaʼni xohlanmaydigan shaxs sifatida belgilashni taklif qilmoqda.

 

“Markaziy Osiyo kabi geosiyosiy jihatdan “sezgir” mintaqa uchun bu kabi bayonotlar real xavf sifatida qabul qilinishi kerak. Takrorlayman, O‘zbekiston va mintaqaning boshqa davlatlari bu chiqishni shunchaki telebahs, oddiy shov-shuvli fikr emas, balki Rossiya siyosiy tafakkurida mavjud bo‘lgan xavfli mavjud bo‘lgan xavfli tendensiyaning ochiq ifodasi sifatida baholashi kerak. Shu sababli, suverenitet va hududiy yaxlitlikka ochiqdan-ochiq shubha solayotgan Solovyov kabi shaxslar eng kamida xohlanmaydigan shaxs (persona non grata) sifatida belgilanishi mantiqan asosli qaror bo‘ladi”, —deya yozadi u.

 

Jurnalist Ilyos Safarov 2024 yilda prezident tomonidan imzolangan “O‘zbekistonda xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquqiy maqomi to‘g‘risida” qonuni tashqi ishlar vazirligiga amalda ishlatish kerakligini eslatdi.

 

Shu o‘rinda bu qonun haqida qisqa maʼlumot.

 

Qonunga ko‘ra, O‘zbekistonning davlat suvereniteti, hududiy yaxlitligi va xavfsizligiga zid bo‘lgan, davlatlararo, ijtimoiy, milliy, irqiy va diniy adovatni qo‘zg‘atadigan, O‘zbekiston xalqining shaʼni, qadr-qimmati va tarixiga obro‘sizlantiruvchi ommaviy chaqiriqlar yoki harakatlar qilgan shaxslar O‘zbekistonga kiritilmasligi yoki deportatsiya qilinishi mumkin.

 

Bunday nomaqbul shaxslar O‘zbekistonga kirishi, bank hisob raqamlarini ochishi, ko‘chmas mulk sotib olishi, davlat mulkini xususiylashtirishda ishtirok etishi, moliyaviy va shartnomaviy munosabatlarga kirishi taqiqlanadi.

 

Siyosatshunos Farhod Karimov bu holatga Rossiya propagandasi yana ish boshladi deya izoh berdi.

 

“Qo‘yinglar endi, o‘zi bitta ishni oxiriga yetkazolmay ovora bo‘sangizlar, yangi dushmanni nima keragi bor sizga? Strategiyalarni kim ishlab chiqadi ekan-a Moskvada? Kadrlar inqirozi boshlangan ko‘rinadi”, — deya yozadi u o‘zining Telegram sahifasida.

 

Yana bir jamoat faoli Aziz Umarova Solovyov va bu kabi rus propagandasiga qarshi “Otamdan qolgan dalalar” filmini ommalashtirishni va yana televideniyega qayta tiklashni taklif qilmoqda. U Tog‘ay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” asari maktablarda tarix darsligining bir qismi bo‘lishi kerakligini taʼkidlamoqda.

 

Uning fikricha, bu film ikki soat ichida Markaziy Osiyo xalqlari va imperiyasi tizim o‘rtasidagi munosabatlar evolyutsiyasini badiiy, tushunarli va taʼsirchan shaklda ko‘rsatib bera oladi. Ayniqsa, uzun tahliliy matnlarni o‘qimaydigan yoki siyosiy jarayonlarga chuqur kirib bormaydigan auditoriya uchun bunday format ancha samarali.

 

“Badiiy shaklda — uzun matnlarni o‘qishga va chuqur mulohaza qilishga o‘rganmagan tomoshabin uchun ham tushunarli va ochiq tarzda — film ikki soat ichida munosabatlar evolyutsiyasini to‘liq ko‘rsatib bera oladi. Film premyerasidan so‘ng darhol taqiqlangan va 1997 yildan beri ommaviy maydonda namoyish etilmagan (faqat YouTubeʼga joylangan)”, — deya Facebook sahifasida.

 

 

Siyosatshunos Shuhrat Rasul Solovyov bunday gaplarni o‘zidan o‘zi gapirmasligiga urg‘u bermoqda.

 

“Bu rusning rejasi bo‘lishi mumkin. Oldin Qozog‘istonga keyin O‘zbekistonga bosqin qilinadi. O‘zbekiston TIV zudlik bilan bu bayonotni rus rasmiylari qanday baholashini so‘rab nota taqdim qilishi lozim. Buni jazoga tortishni talab qilish kerak”, — deya yozadi u o‘zining Facebook sahifasida.

 

Keling endi Solovyov haqida qisqacha maʼlumot bersam. Vladimir Rudolfovich Salavyov 1963 yilda Moskvada tug‘ilgan. Iqtisod fanlari nomzodi. Shuningdek, jurnalist, radio va teleboshlovchi. U Kreml va Putinga yaqin odamlardan. Chunki uning Rossiya-1 telekanalida “Vladimir Solovyov bilan oqshom” va “Moskva, Kreml va Putin ko‘rsatuvlarining boshlovchisi. Davlat rahbarining propagandasi bilan shug‘ullanadiyu Kremlga xizmat qilmaydimi?

 

Markaziy Osiyoda harbiy operatsiya o‘tkazishni taklif qilgan rus propagandasi vakili Solovyovning o‘g‘li Rossiya-Ukraina urushi boshlanganidan buyon Yevropada ayollar kiyimini kiyib modellik qilayotgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda xabarlar chiqa boshladi.

 

Rossiyaning bunday Markaziy Osiyoni bosib olish yoki Markaziy Osiyo mamlakatlari xususan, O‘zbekiston sunʼiy davlat ekanligi uni Rossiya yaratgani haqidagi gaplar Rossiyaning Ukrainaga bosib kirishidan keyin boshlandi.

 

Misol uchun 2023 yil dekabr oyida "Adolatli Rossiya" partiyasining hamraisi Zaxar Prilepin O‘zbekiston va sobiq SSSRning boshqa hududlarini Rossiya Federatsiyasiga qo‘shib olishni taklif qilgan edi. Shuningdek, u O‘zbekistonni sunʼiy yaratilgan davlat ekanligi va bu mamlakatning davlatchilik tarixi yo‘q ekanligini aytgan edi.

 

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan AQSHga boradi

Tashrif doirasida davlat rahbari Vashington shahrida boʻlib oʻtadigan Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etadi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev “Nishoni Pokiston” ordeni bilan taqdirlandi

Prezident Asif Ali Zardoriy Pokistonning oliy mukofotini davlat rahbariga tantanali ravishda topshirdi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Pokiston rahbarini O‘zbekistonga taklif qildi

Islomobodda Oʻzbekiston va Pokiston Prezidentlarining muzokaralari boʻlib oʻtdi.

custom img

Oʻzbekiston va Pokiston o'rtasida savdo hajmini 2 milliard dollarga oshirish bo‘yicha bayonnoma imzolandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev va Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif Islomobodda qoʻshma biznes forumida ishtirok etdi.

custom img

Saida Mirziyoyeva Qozog‘iston Senati raisi bilan uchrashdi

Uchrashuvda parlamentlararo, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Pokistonga joʻnab ketdi

Islomobodda oliy darajadagi muzokaralar va Strategik hamkorlik kengashining birinchi yigʻilishi boʻlib oʻtadi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev va Rajab Toyyib Erdo‘g‘on ishtirokida Hatayda “O‘zbekiston” turar joy majmuasi ochildi

300 dan ortiq to‘liq jihozlangan xonadonni o‘z ichiga olgan, 24 ta ko‘p qavatli uydan iborat zamonaviy turar joy majmuasi barcha zarur infratuzilma bilan barpo etildi.

custom img

Turkiya OAVlari Prezident Shavkat Mirziyoyevning rasmiy tashrifini yoritmoqda

Davlat rahbarining Turkiyaga tashrifi doirasida Istanbul va Xatay viloyatida muhim tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"