Jahon

Boltiqbo‘yi davlatlari Moskvadagi paradga boradigan Slovakiya yetakchisiga o‘z havo hududini yopdi

Robert Fitso 9-may paradida qatnashish uchun boshqa parvoz yo‘nalishini topishini aytdi.

Boltiqbo‘yi davlatlari Moskvadagi paradga boradigan Slovakiya yetakchisiga o‘z havo hududini yopdi

Estoniya, Latviya va Litva Slovakiya bosh vaziri Robert Fitsoning 9-may kuni Moskvada o‘tkaziladigan paradga parvozi uchun o‘z havo hududidan foydalanishiga ruxsat bermadi.

 

Bu haqda Estoniya tashqi ishlar vaziri Margus Saxkna ma’lum qilib, Estoniya bunday qarorni ilgari ham qabul qilganini va bu yil ham o‘z pozitsiyasini o‘zgartirmasligini bildirdi.

 

“Rossiyani ulug‘lashga qaratilgan tadbirga uchish uchun Estoniya havo hududidan foydalanishga ruxsat berilmaydi. Bu tamoyil o‘tgan yili ham amal qilgan va hozir ham o‘z kuchida qoladi”, — deyiladi bayonotda.

 

TIVga ko‘ra, Estoniya rasmiy parvozlar uchun ruxsat berishda Yevropa Ittifoqi va NATO qoidalariga amal qiladi, biroq Rossiyaga safarlar bundan mustasno hisoblanadi.

 

Avvalroq Robert Fitso Litva va Latviya ham uning samolyoti uchun havo hududini yopishini ma’lum qilgan edi. U bu qarorga qaramay, Moskvaga yetib borish uchun muqobil yo‘nalish topishini bildirgan.

 

“Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar boshqa bir a’zo davlat bosh vazirining o‘z hududi ustidan uchib o‘tishiga yo‘l qo‘ymayapti. Shunga qaramay, men boshqa yo‘l topaman”, — degan Slovakiya bosh vaziri.

 

Ma’lumot uchun, 2025-yilda Moskvada o‘tgan 9-may paradida 27 davlat yetakchisi, jumladan Xitoy, Belarus, Kuba, Venesuela, Slovakiya va Serbiya rahbarlari ishtirok etgan. O‘shanda ham Boltiqbo‘yi davlatlari Robert Fitso va Serbiya prezidenti Aleksandar Vyuchich samolyotlarining o‘z hududidan o‘tishiga ruxsat bermagan.

 

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"