Siyosat

Toqayev Qozog'istonga yetib borgach, Mirziyoyevga maktub yo'lladi

Qozog‘iston yetakchisi Buxoro shahriga amaliy tashrifi chog‘ida ko‘rsatgan alohida mehmondo‘stlik va samimiyat uchun Shavkat Mirziyoyevga chin dildan minnatdorlik bildirgan.

Toqayev Qozog'istonga yetib borgach, Mirziyoyevga maktub yo'lladi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevdan maktub keldi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi xabar berdi.

 

Maktubda Qozog‘iston yetakchisi nafaqat Markaziy Osiyo, balki butun jahon sivilizatsiyasi durdonasi bo‘lgan qadimiy Buxoro shahriga amaliy tashrifi chog‘ida ko‘rsatgan alohida mehmondo‘stlik va samimiyat uchun Shavkat Mirziyoyevga chin dildan minnatdorlik bildirgan.

 

Bundan tashqari, Toqayev O‘zbekiston bu bebaho boylikni asrab-avaylab, boyitib, buyuk o‘tmishni zamonaviy ehtiyojlar bilan uyg‘unlashtirib kelayotgani uni hayratga solganini qayd etgan. 

 

“Buxoroning bugungi go‘zal qiyofasi Sizning Yangi O‘zbekistonni barpo etishga qaratilgan oqilona va bunyodkorona siyosatingiz yuksak samaradorligining yaqqol ifodasidir. Puxta o‘ylangan tadbirlarga boy tashrifning o‘zi, shubhasiz, foydali bo‘ldi. Nazarimda, Buxorodagi bir kunlik muzokaralar uzoq muddatli siyosiy samarasi jihatidan rasmiy tashrifdan aslo qolishmaydi. Uchrashuvimiz Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi ko‘p qirrali aloqalarni yanada mustahkamlash uchun yangi ufqlarni ochdi, davlatlararo strategik hamkorlikni yangi mazmun bilan boyitishga xizmat qiladi”, deyiladi maktubda.

 

Toqayev Ostonaga qaytgach, erishilgan va tasdiqlangan kelishuvlarni amalga oshirish, shuningdek, O‘zbekistonning turli sohalardagi foydali tajribasini hisobga olish bo‘yicha aniq topshiriqlar berganini, “Toza havo” qo‘shma tashabbusiga alohida e’tibor qaratishini ma’lum qilgan.

 

“Ishonchim komilki, biz qo‘ygan vazifalarning sifatli bajarilishi Qozog‘iston – O‘zbekiston strategik sherikligi va ittifoqchiligini yangi cho‘qqilarga olib chiqishga xizmat qiladi. Qozog‘iston uchun katta madaniy va tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan arxiv materiallarini taqdim etganingiz uchun alohida minnatdorchilik bildiraman. Bu harakat Sizning bag‘rikengligingiz va qozoq xalqiga bo‘lgan iliq munosabatingiz, qardosh mamlakatlarimiz tarixini munosib e’tirof etishingizdan dalolat beradi”, deya qayd etilgan maktubda.

 

Maktub so‘ngida Qozog‘iston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga va oilasiga chin qalbidan sihat-salomatlik va baxt-saodat, Qozog‘istonning abadiy do‘sti, ittifoqchisi va strategik sherigi bo‘lgan Yangi O‘zbekistonni barpo etishda yangi muvaffaqiyatlar tilagan.

“AQSHga murojaat qilgan edik”: Eron TIV O‘zbekistonning norozilik notasiga javob berdi

“AQSHga murojaat qilgan edik”: Eron TIV O‘zbekistonning norozilik notasiga javob berdi

Eron elchixonalarining Samarqand merosi haqidagi postlari yuzasidan yuzaga kelgan diplomatik bahsga Tehron izoh berdi.

Shavkat Mirziyoyev Qatar Amiri bilan uchrashdi

Shavkat Mirziyoyev Qatar Amiri bilan uchrashdi

Uchrashuvda ikki tomonlama kelishuvlar ijrosi hamda global va mintaqaviy masalalar muhokama qilindi.

Samarqanddagi global e’tirof: Ziroat Mirziyoyeva xalqaro global tarmoq raisi etib saylandi

Samarqanddagi global e’tirof: Ziroat Mirziyoyeva xalqaro global tarmoq raisi etib saylandi

Samarqandda o‘tgan xalqaro forumda bolalar onkologiyasi, zamonaviy davolash usullari va xalqaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Shavkat Mirziyoyev “Eldridge Industries” kompaniyasi bosh direktorini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev “Eldridge Industries” kompaniyasi bosh direktorini qabul qildi

O‘zbekiston va AQShning ushbu kompaniyasi ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma “yo‘l xaritasi”ni qabul qilishga kelishib oldi.

Shavkat Mirziyoyev “Rosatom” rahbarini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev “Rosatom” rahbarini qabul qildi

Uchrashuvda O‘zbekistondagi ilk integratsiyalashgan AES qurilishi, mutaxassislar tayyorlash va atomchilar shaharchasini barpo etish masalalari muhokama qilindi.

JSSTdan xalqaro e’tirof: Ziroat Mirziyoyeva nufuzli mukofot bilan taqdirlandi

JSSTdan xalqaro e’tirof: Ziroat Mirziyoyeva nufuzli mukofot bilan taqdirlandi

JSST Bosh direktori bolalar onkologiyasi sohasidagi yetakchiligi va bolalar salomatligini himoya qilishga qo‘shgan hissasi uchun O‘zbekiston Birinchi xonimiga xalqaro mukofotni topshirdi.

Saida Mirziyoyeva Oguljahon Atabayeva va Laylo Aliyeva bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Oguljahon Atabayeva va Laylo Aliyeva bilan uchrashdi

Ashxoboddagi muloqotda O‘zbekiston, Turkmaniston va Ozarbayjon o‘rtasidagi do‘stlik, o‘zaro ishonch hamda hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

“Biznes aniq qoidalar va ochiq eshiklar bor joyga intiladi” — Saida Mirziyoyeva

“Biznes aniq qoidalar va ochiq eshiklar bor joyga intiladi” — Saida Mirziyoyeva

Prezident Administratsiyasi rahbari O‘zbekiston har bir Amerika kompaniyasi bilan bevosita muloqot o‘rnatishni rejalashtirayotganini bildirdi.