O'zbekiston

“Narkobiznesning ’moliyaviy arteriyalar’i bo‘g‘ib qo‘yilsa, bu illat yo‘qoladi” — Shavkat Mirziyoyev

Prezident transmilliy narkotahdidlarga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro forum ishtirokchilariga murojaat yo‘lladi.

“Narkobiznesning ’moliyaviy arteriyalar’i bo‘g‘ib qo‘yilsa, bu illat yo‘qoladi” — Shavkat Mirziyoyev

Samarqandda Transmilliy narkotahdidlarga qarshi global forum o‘z ishini boshladi. “Jamoat salomatligi va xavfsizligini ta’minlash maqsadida transmilliy narkotahdidlarga qarshi kurashish” mavzusidagi tadbirda Shavkat Mirziyoyevning forum ishtirokchilariga  murojaatiPrezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva tomonidan o‘qib eshittirildi.

 

Murojaatda mamlakatda narkojinoyatlarga qarshi kurashish, giyohvandlikning oldini olish, bemorlarni davolash hamda bu yo‘nalishda 50 dan ortiq davlat va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik olib borilayotgani qayd etildi.

 

Prezident global miqyosdagi narkotahdidga qarshi kurashni kuchaytirish maqsadida bir qator tashabbuslarni ilgari surdi.

 

Birinchidan, transmilliy narkojinoyatlarga qarshi kurashishda tezkor axborot almashinuvi hal qiluvchi ahamiyatga egaligi bois barcha ishtirokchi davlatlar huquq-tartibot idoralari ma’lumotlar bazasini birlashtiradigan, sun’iy intellekt yordamida ishlaydigan yagona raqamli platformani ishga tushirishni taklif etildi.

 

Bu platforma narkotrafik yo‘nalishlarini barvaqt aniqlash, xavfli yuklar harakatini erta bosqichda fosh etish, transmilliy jinoiy guruhlar faoliyatini real vaqt rejimida kuzatib borishga xizmat qilishi kerak.

 

Ikkinchidan, narkobiznes bu faqat giyohvand moddalar aylanmasi emas, bu – milliardlab dollarlik yashirin iqtisodiyot, uyushgan jinoyatchilik va terrorizmni moliyalashtiradigan manba hamdir.

 

Jinoiy mablag‘larni yuvishning eng katta qismi bugun aynan raqamli aktivlar va offshor hududlar orqali amalga oshirilmoqda. Narkobiznesni qurol bilan emas, pulsiz qoldirish orqali yengish mumkin. Agar uning “moliyaviy arteriya”lari bo‘g‘ib qo‘yilsa, bu illat o‘z-o‘zidan yo‘qoladi.

 

Shuning uchun kripto-birjalar uchun majburiy identifikatsiya standartlarini global darajada birxillashtirish, offshor yurisdiksiyalar bilan ma’lumot almashinuvi bo‘yicha majburiy kelishuvlar, “noma’lum manba” mablag‘larini avtomatik bloklash mexanizmlarini joriy etish zarur.

 

Shuningdek, noqonuniy mablag‘lar harakatini dunyo bo‘ylab avtomatik aniqlaydigan, uni qabul qilgan bank yoki moliyaviy tashkilotni darhol xavf toifasiga kiritadigan “xalqaro raqamli qora kod” tizimini joriy qilishni taklif etildi.

 

Uchinchidan, kundan kunga sintetik narkotiklarning yangi-yangi turlari paydo bo‘layotgani bois, doimiy muloqot maydonini ishga tushirib, sintetik narkotiklarga ruju qo‘ygan bemorlarni samarali davolash bo‘yicha zamonaviy metodika va standartlarni birgalikda yaratib borishni taklif qilindi.

 

To‘rtinchidan, Prezident tomonidan giyohvandlikka chalinganlarning tibbiy reabilitatsiyasi bo‘yicha tajriba almashish maqsadida Markaziy Osiyo Narkologlar assotsiatsiyasini tashkil qilish taklif etildi.

 

Davlat rahbari ushbu tashkilotning Bosh ofisini Samarqand shahrida joylashtirishga tayyorligini bildirdi.

 

Beshinchidan, bugun ayrim hududlarda narkotik yetishtirish va tarqatish iqtisodiy imkoniyatlar cheklangani, ish o‘rinlari yetishmasligi va ijtimoiy tengsizlik oqibatida saqlanib qolayotgani bois, narkotrafik xavfi yuqori bo‘lgan hududlar uchun “maxsus rivojlanish dasturi”ni ishlab chiqishni taklif etildi. Bunda giyohvand moddalar yetishtirishga moyil hududlardagi rasmiy iqtisodiyotga faol investitsiyalar kiritish orqali aholi uchun barqaror daromad manbalarini yaratish, infratuzilmani yaxshilash, ta’lim va tibbiyotni rivojlantirish orqali aholining jinoiy iqtisodiyotga qaramligini kamaytirish bo‘yicha kompleks choralar ishlab chiqish maqsadga muvofiq.

 

Bunday dastur faqat grant yoki yordam emas, balki xalqaro hamjamiyatning umumiy mas’uliyati sifatida ko‘rilishi kerak.

 

Tadbirda Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Interpol, Yevropa Ittifoqi, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi, Jahon bojxona tashkiloti hamda boshqa 20 dan ortiq nufuzli xalqaro tuzilmalar vakillari ishtirok etadi.

 

Shuningdek, 50 ga yaqin davlatdan huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari, 500 nafarga yaqin xalqaro ekspert va soha mutaxassislari qatnashadi.

Afg‘onistonda yer silkinishi: zilzila O‘zbekiston hududlarida sezildi

Afg‘onistonda yer silkinishi: zilzila O‘zbekiston hududlarida sezildi

Afg‘onistonning Badaxshon hududida 5,4 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi.

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik: Toshkentda suv ta’minotida uzilishlar bo‘ladi

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik: Toshkentda suv ta’minotida uzilishlar bo‘ladi

Bunga kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida suv tarmoqlarida olib boriladigan rejali ta’mirlash ishlari sabab bo‘ladi.

O‘zbekistonda yashash va ovqatlanish: qaysi hududda qancha xizmat ko‘rsatildi?

O‘zbekistonda yashash va ovqatlanish: qaysi hududda qancha xizmat ko‘rsatildi?

2026-yilning dastlabki sakkiz oyida yashash va ovqatlanish xizmatlari hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 14,4 foizga o‘sdi.

Prezident V yozgi Paraosiyo o‘yinlari g‘oliblari va ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi

Prezident V yozgi Paraosiyo o‘yinlari g‘oliblari va ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi

Shavkat Mirziyoyev sportchilarning ota-onalari va murabbiylariga ham minnatdorlik bildirdi.

Maqsadli qabul imtihonlari: talabgorlar uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

Maqsadli qabul imtihonlari: talabgorlar uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

Xorijiy va nodavlat OTMlarga maqsadli qabul uchun ajratilgan jami 1652 ta kvota doirasidagi test sinovlari 28-oktyabr kuni o‘tkaziladi.

145 medal, tarixiy natija: O‘zbekiston paralimpiyachilari kuchli uchlikda

145 medal, tarixiy natija: O‘zbekiston paralimpiyachilari kuchli uchlikda

Bu delegatsiya tarixidagi eng yaxshi natija bo‘ldi.

Eron elchisi TIVga chaqirtirildi: O‘zbekiston norozilik notasini topshirdi

Eron elchisi TIVga chaqirtirildi: O‘zbekiston norozilik notasini topshirdi

Eronning xorijdagi elchixonalari Samarqandning tarixiy-madaniy merosini fors sivilizatsiyasiga bog‘lovchi postlar e’lon qilgandi.

Prezident ichki ishlar organlari xodimlariga tabrik yo‘lladi

Prezident ichki ishlar organlari xodimlariga tabrik yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev jinoyatlarning oldini olish, kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish va fuqarolarning ichki ishlar organlariga ishonchini mustahkamlash ustuvor vazifalar ekanini ta’kidladi.