Siyosat

Oʻzbekiston va Qozogʻiston Prezidentlari Buxoroning tarixiy merosi bilan tanishdilar

Tashrif davomida Prezidentlarga tarixiy yodgorliklar va hunarmandchilik namunalari namoyish etildi.

Oʻzbekiston va Qozogʻiston Prezidentlari Buxoroning tarixiy merosi bilan tanishdilar

 

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozogʻiston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev Buxoro shahriga tashrif doirasida uning boy tarixiy-madaniy merosi bilan yaqindan tanishdilar.

 

Davlat rahbarlari qadimiy Buxoroning dunyoga mashhur yodgorliklari – Ark qoʻrgʻoni, Poi Kalon va Labi Hovuz majmualarini ziyorat qildilar.

 

Tashrifning dastlabki manzili bo‘lgan Ark qal'asi asrlar davomida Buxoroning siyosiy va maʼmuriy markazi sifatida xizmat qilgan. Mazkur tarixiy obida bugungi kunda UNESCOning Butunjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan Buxoro tarixiy markazining muhim qismi hisoblanadi.

 

Shundan soʻng yetakchilar Markaziy Osiyoning eng yirik meʼmoriy majmualaridan biri — Poi Kalon ansambliga tashrif buyurdilar. 1127-yilda bunyod etilgan Kalon minorasi, Kalon masjidi va Mir Arab madrasasini oʻz ichiga olgan ushbu majmua Buxoroning tarixiy qiyofasini belgilovchi asosiy obidalardan biridir.

 

Labi Hovuz majmuasi ham oliy martabali mehmonlarda katta taassurot qoldirdi. Koʻkaldosh va Nodir Devonbegi madrasalari hamda xonaqohdan iborat ushbu hudud asrlar davomida ilm-fan, madaniyat va savdo markazi sifatida mashhur boʻlib kelgan.

 

Tashrif davomida mehmonlarga Buxoroning Buyuk ipak yoʻlidagi oʻrni, uning islom sivilizatsiyasi, ilm-fan va madaniyat rivojiga qoʻshgan hissasi haqida batafsil maʼlumot berildi. Shuningdek, xalq hunarmandchiligi va anʼanaviy bezak sanʼati namunalarining oʻziga xosligi namoyish etildi.

 

Taʼkidlash joizki, Buxoro butun mintaqa uchun muhim maʼnaviy-maʼrifiy makon ham edi. Bu yerda oʻz vaqtida qozoq ziyolilari va maʼrifatparvarlarining koʻplab taniqli namoyandalari tahsil olgan, bu esa xalqlarimiz umumiy tarixiy-madaniy merosining alohida sahifasini tashkil etadi. Xususan, qozoq adabiyoti, maʼnaviyati va ijtimoiy tafakkuri rivojiga sezilarli hissa qoʻshgan Mashhur Jusup Koʻpeyev, Nurjon Naushabayev, Shortanbay Qanay oʻgʻli, Sultonmahmut Toʻraygʻirov va boshqalarning nomlari Buxoro madrasalari bilan bogʻliq.

Shavkat Mirziyoyev Qatar Amiri bilan uchrashdi

Shavkat Mirziyoyev Qatar Amiri bilan uchrashdi

Uchrashuvda ikki tomonlama kelishuvlar ijrosi hamda global va mintaqaviy masalalar muhokama qilindi.

Samarqanddagi global e’tirof: Ziroat Mirziyoyeva xalqaro global tarmoq raisi etib saylandi

Samarqanddagi global e’tirof: Ziroat Mirziyoyeva xalqaro global tarmoq raisi etib saylandi

Samarqandda o‘tgan xalqaro forumda bolalar onkologiyasi, zamonaviy davolash usullari va xalqaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Shavkat Mirziyoyev “Eldridge Industries” kompaniyasi bosh direktorini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev “Eldridge Industries” kompaniyasi bosh direktorini qabul qildi

O‘zbekiston va AQShning ushbu kompaniyasi ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma “yo‘l xaritasi”ni qabul qilishga kelishib oldi.

Shavkat Mirziyoyev “Rosatom” rahbarini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev “Rosatom” rahbarini qabul qildi

Uchrashuvda O‘zbekistondagi ilk integratsiyalashgan AES qurilishi, mutaxassislar tayyorlash va atomchilar shaharchasini barpo etish masalalari muhokama qilindi.

JSSTdan xalqaro e’tirof: Ziroat Mirziyoyeva nufuzli mukofot bilan taqdirlandi

JSSTdan xalqaro e’tirof: Ziroat Mirziyoyeva nufuzli mukofot bilan taqdirlandi

JSST Bosh direktori bolalar onkologiyasi sohasidagi yetakchiligi va bolalar salomatligini himoya qilishga qo‘shgan hissasi uchun O‘zbekiston Birinchi xonimiga xalqaro mukofotni topshirdi.

Saida Mirziyoyeva Oguljahon Atabayeva va Laylo Aliyeva bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Oguljahon Atabayeva va Laylo Aliyeva bilan uchrashdi

Ashxoboddagi muloqotda O‘zbekiston, Turkmaniston va Ozarbayjon o‘rtasidagi do‘stlik, o‘zaro ishonch hamda hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

“Biznes aniq qoidalar va ochiq eshiklar bor joyga intiladi” — Saida Mirziyoyeva

“Biznes aniq qoidalar va ochiq eshiklar bor joyga intiladi” — Saida Mirziyoyeva

Prezident Administratsiyasi rahbari O‘zbekiston har bir Amerika kompaniyasi bilan bevosita muloqot o‘rnatishni rejalashtirayotganini bildirdi.

Janett Rubio Samarqandning tarixi va milliy hunarmandchiligi bilan tanishdi

Janett Rubio Samarqandning tarixi va milliy hunarmandchiligi bilan tanishdi

Unga Saida Mirziyoyeva hamrohlik qildi.