Siyosat

Prezident Shavkat Mirziyoyev Rossiya delegatsiyasini qabul qildi

Atom energetikasi va raqamli sohalarda hamkorlikni kuchaytirish muhokama qilindi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Rossiya delegatsiyasini qabul qildi

 

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15-aprel kuni Rossiya Prezidenti Administratsiyasi rahbarining birinchi oʻrinbosari Sergey Kiriyenko boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

 

Uchrashuv avvalida yuqori martabali mehmon davlat rahbariga Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

 

Oʻzbekiston bilan Rossiya oʻrtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini chuqurlashtirish doirasida oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari koʻrib chiqildi.

 

Barcha yoʻnalishlarda faol muloqotlar olib borilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Tovar ayirboshlash hajmi barqaror o‘sib bormoqda, sanoat kooperatsiyasi boʻyicha muhim loyihalar amalga oshirilib, madaniy-gumanitar almashinuv kengaymoqda.

 

Mamlakatda birinchi integratsiyalashgan atom elektr stansiyasini qurish loyihasini amalga oshirishga, shuningdek, tinch atom sohasidagi hamkorlikka alohida eʼtibor qaratildi.

 

Raqamli texnologiyalar, yoshlar va axborot siyosati, ommaviy axborot vositalari hamda fuqarolarning tashabbuslarini rivojlantirish borasidagi oʻzaro hamkorlikni faollashtirish yuzasidan kelishuvlarga erishildi.

Ziroat Mirziyoyeva “Nol chiqindi” Global alyansini tashkil etishga bag‘ishlangan uchrashuvda ishtirok etdi

Ziroat Mirziyoyeva “Nol chiqindi” Global alyansini tashkil etishga bag‘ishlangan uchrashuvda ishtirok etdi

O‘zbekiston Birinchi xonimi alyans doirasida ekologik ta’limni rivojlantirish va yoshlarning ekologik loyihalarini qo‘llab-quvvatlash tashabbuslarini ilgari surdi.

Ziroat Mirziyoyeva COP31 doirasida O‘zbekiston milliy pavilyoniga tashrif buyurdi

Ziroat Mirziyoyeva COP31 doirasida O‘zbekiston milliy pavilyoniga tashrif buyurdi

Pavilyonda “Zamin” fondining “Eco-Schools Uzbekistan” loyihasi doirasida uzluksiz ekologik ta’lim tizimi taqdim etildi.

Shavkat Mirziyoyev Finlyandiya prezidenti bilan uchrashdi

Shavkat Mirziyoyev Finlyandiya prezidenti bilan uchrashdi

Uchrashuvda tomonlar o'rtasidagi metallurgiya, energetika, geologiya, ekologiya hamda suv resurslari sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalarini ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkilotining yangi bosh kotibini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkilotining yangi bosh kotibini qabul qildi

Tomonlar 2027-yilda O‘zbekistonda o‘tkazilishi rejalashtirilgan TDT sammitiga tayyorgarlik masalalarini ko‘rib chiqdi.

Mirziyoyev Turkiyaga tashrifi doirasida Gruziya Prezidenti bilan uchrashdi

Mirziyoyev Turkiyaga tashrifi doirasida Gruziya Prezidenti bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekiston va Gruziya o‘rtasidagi strategik sheriklikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni energetika vaziri boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni energetika vaziri boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasidagi investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish va yangi amaliy loyihalarni ishlab chiqish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Turkiyaga jo‘nab ketdi

Shavkat Mirziyoyev Turkiyaga jo‘nab ketdi

Davlat rahbari BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasining 31-sessiyasi tadbirlarida ishtirok etadi.

Sun’iy intellekt xavfsizlikka tahdid solmasligi kerak: Shavkat Mirziyoyev xalqaro tashabbuslarni ilgari surdi

Sun’iy intellekt xavfsizlikka tahdid solmasligi kerak: Shavkat Mirziyoyev xalqaro tashabbuslarni ilgari surdi

O‘zbekiston Prezidenti Ostonada Aqaba jarayoni doirasidagi Markaziy Osiyo yetakchilari uchrashuvida qatnashdi.