Siyosat

Oʻzbekiston va Qozogʻiston Prezidentlari sunʼiy intellekt boʻyicha xakatonda ishtirok etdi

Buxorodagi AI xakatonda davlat rahbarlariga sunʼiy intellekt asosidagi innovatsion loyihalar va startaplar taqdim etildi.

Oʻzbekiston va Qozogʻiston Prezidentlari sunʼiy intellekt boʻyicha xakatonda ishtirok etdi

 

Buxoro shahrida oʻtkazilayotgan “National AI Hackathon” – sunʼiy intellekt boʻyicha umummilliy xakatonga Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozogʻiston Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev tashrif buyurdilar.

 

Mazkur tadbir mamlakatda sunʼiy intellekt ekotizimini rivojlantirishga qaratilgan izchil siyosat doirasida tashkil etilgan boʻlib, unda raqamlashtirish va ilgʻor texnologiyalarni joriy etish borasida erishilgan natijalar taqdim etildi.

 

Xususan, “Raqamli hukumat” tizimi, transport, bojxona, soliq, sogʻliqni saqlash, ijtimoiy himoya, energetika, geologiya, qurilish hamda qishloq xoʻjaligi sohalarida amalga oshirilayotgan raqamli transformatsiya jarayonlari haqida batafsil maʼlumot berildi. Ushbu yoʻnalishlardagi islohotlar davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish va aholining turmush sifatini yaxshilashga xizmat qilayotgani taʼkidlandi.

 

Shuningdek, Oʻzbekiston va Qozogʻiston startaplarini qoʻllab-quvvatlash ekotizimi taqdim etildi. Davlat rahbarlari qator istiqbolli loyihalar faoliyati bilan tanishib, ularning mualliflari bilan muloqot qildilar.

 

Milliy va xalqaro akseleratorlar, jumladan “UZUM”, “TBC Bank”, “Aloqabank”, “HUMO” va “UZCARD” faoliyati yuzasidan ham maʼlumotlar berildi. Venchur infratuzilmasini rivojlantirish, yoshlar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash hamda innovatsion gʻoyalarni amaliyotga joriy etish muhimligi alohida qayd etildi.

 

Xakaton doirasida ishtirokchilar tomonidan turli sohalardagi dolzarb muammolarga yechim boʻladigan loyihalar taqdim etildi. Ochiq muloqot davomida yoshlarning ijodiy salohiyati va sunʼiy intellekt texnologiyalariga boʻlgan qiziqishi yuqori baholandi.

 

Tadbir yakunida davlat rahbarlari xakaton ishtirokchilari va startap hamjamiyati vakillari bilan esdalik uchun suratga tushdilar.

custom img

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

custom img

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

custom img

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

custom img

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

custom img

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

custom img

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"