O'zbekiston

Bobur Mirzoning dastxati tushirilgan tarixiy tosh qayerda?

Tojikiston Fanlar akademiyasi akademigi, atoqli muarrix Ahror Muxtorov “Boburnoma” asarida tosh haqidagi qaydlarni o‘qiganidan keyin akasi bilan 1953-yil xuddi asarda ko‘rsatib o‘tilgan yo‘nalish bo‘yicha borib, o‘sha tarixiy toshni topadi. Bu voqea boburshunoslik sohasida katta qadam hisoblanib, shov-shuvga sabab bo‘ldi.

Bobur Mirzoning dastxati tushirilgan tarixiy tosh qayerda?

 

Buyuk davlat arbobi, shoir va sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur toshlarda sheʼrlar bitgani haqida o‘zining mashhur asari “Boburnoma”da ham eslatib o‘tgan. U yozadi: “Maschoning quyig‘i kenti Obburdandur. Bu Obburdandin quyiroq bir chashma tushubtur, bu chashma boshida mazoredur. Ushbu chashmadin yuqqori Mascho doxilidur. Quyi Palg‘arg‘a taalluqdur. Ushbu chashma boshida, chashma yoqasidag‘i toshida qazib, uch baytni sabt ettim:

 

Shunidam, ki Jamshidi farruxsirisht,

Ba sarchashmaye bar ba sange navisht:

“Bar in chashma chun mo base dam zadand,

Biraftand, to chashm barham zadand.

Giriftem olam ba mar- diyu zo‘r,

Valekin naburdem bo xud ba go‘r”.

 

Bu satrlar Shayx Saʼdiyning qalamiga mansub bo‘lib, uning mazmuni quyidagicha: “eshitdimki, qutluq tabiatli Jamshid bir buloq boshida tosh ustiga shunday deb yozgan ekan: bu buloq tepasida bizlar singari ko‘p kishilar kelib o‘tirdilar, ketdilar va yo‘q bo‘ldilar. Olamni mardlik va zo‘rlik bilan oldik, lekin o‘zimiz bilan go‘rga eltmadik”, (“Boburnoma”, T:, 1989-y, 89-b). Satrlar oxirida u o‘zining imzosini qo‘ygan. “Boburnoma”da muallif Mastchoh tog‘larida toshga qazib sheʼr va boshqa matnlarni tushirish odatga aylanganligini ham qayd etadi.

 

Aytish kerakki, Bobur Temuriylar saltanatini tiklashni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan edi. Ammo Samarqand, Toshkent va yana bir qancha shaharlarni katta kuchga ega bo‘lgan Shayboniyxon ishg‘ol etgandan so‘ng u O‘ratepaga keladi va bir muddat shu yerda panoh topadi. Lekin Shayboniyxonning O‘ratepa tomon yurish boshlaganini eshitib, Obburdon dovoni orqali Mastchohga o‘tadi. Yaʼni Bobur mazkur misralarni o‘zining judayam qiyin ahvolda qolgan bo‘lgan paytlarida yozgan.

 

Tojikiston Fanlar akademiyasi akademigi, atoqli muarrix Ahror Muxtorov “Boburnoma” asaridagi bu qaydlarni o‘qiganidan keyin 1953-yil xuddi asarda ko‘rsatib o‘tilgan yo‘nalish bo‘yicha akasi bilan O‘ratepadan Ovchi qishlog‘iga kelib, bu yerdan ikkita otga minib Obburdonga yo‘l oladi. Bu haqida taniqli olim o‘zining “Sang ham dile dorad” (“Toshda ham yurak bor”, bu so‘z Mirzo Abdulqodir Bedilga taalluqlidir) kitobida “Yo‘l azobi” sarlavhasi ostida batafsil hikoya qilgan.

 

Shu tariqa, olim yo‘llarda jonbozlik ko‘rsatib, tog‘lar orasidan o‘tib, Bobur qayd etgan Obburdondagi buloq boshidan o‘sha tarixiy toshni topadi. Bu voqea boburshunoslik sohasida katta qadam hisoblanib, shov-shuvga sabab bo‘ldi. Ushbu tosh 1960-yil Moskva davlat universitetida, 1985-yil esa Sankt-Peterburgdagi Ermitajda ko‘rgazmaga qo‘yiladi. Hozirgi kunda Bobur Mirzoning dastxati tushirilgan ushbu tarixiy tosh Tojikiston Fanlar akademiyasining Tarix, etnografiya va arxeologiya institutida saqlanmoqda.

 

Akademik A. Muxtorovning taxminiga ko‘ra, Bobur Mirzo “Boburnoma”da toshdagi sanani ko‘rsatishda adashgan bo‘lishi mumkin. Zero, Bobur Samarqandni egallagan paytda u uch marotaba bu muzofotlarga kelgani aniq. “Boburnoma” bu voqealardan ancha keyinroq yozilgan. Shu boisdan toshdagi 917 hijriy (1511 m.) yili kitobda 907-yil, yaʼni 1501-yil deb ko‘rsatilgan.

 

A. Muxtorov boburshunoslik borasidagi yana bir xizmati u tomonidan Bobur Mirzoning Zarafshon daryosidagi yuqori qismidagi qoyatoshlarda boshqa bir-nechta yozuvlarini ham kashf etgani hisoblanadi. Bobur Mirzo fors sheʼriyatini juda yaxshi bilganligi uchun ham u toshlarda fors shoirlarining baytlarini sabt (bitik) etgan. Masalan, A. Muxtorovning qayd etishicha, Bobur Shamtich qishlog‘idagi qabriston hududidagi toshda quyidagi baytni yozib qoldirgan:

 

Kofaro, mardumshikoro, yak zamon ohistatar,

K-ohui bechoraro bo tiri paykon kor nest.

(Yaʼni: ey xalqqa ozor yet- kazuvchi bedin, biroz shoshma, zero, sho‘rlik kiyikning kamon o‘qi bilan nima ishi bor?)

Veshab va Shamtich qishloqlari orasidagi yo‘lida toshda bitilgan quyidagi misralarga eʼtibor bering:

Dareg‘i umr, ki be ro‘yi do‘ston guzarad,

Xusho dame, ki ba yoroni mehrubon guzarad.

 

(Yaʼni: do‘stlar diydorisiz o‘tgan umr armon (afsus) dir, Mehribon do‘stlar bilan umrguzaronlik qilish xushdir (xayrlidir).

 

Bu misralar Bobur o‘sha holatlarda, yaʼni o‘z vatanini tark etib ketayogan asnosida naqadar murakkab, og‘ir onlarni boshidan o‘tkazayotganini ifoda etadi.

 

Shu tariqa, buyuk ajdodimiz Bobur Mirzoning toshdagi bitiklari uning hayotga, har qanday vaziyatga falsafiy, yuksak did bilan baho berib, jasurlik va matonat ko‘rsatganini isbotlab beradi.

 

Rustam Iqbol

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Bobur Mirzoning dastxati tushirilgan tarixiy tosh qayerda? | Zamon.uz