Jahon

Yaqin Sharqdagi mojaro dollarga nisbatan talabni oshirdi

Yaqin Sharqdagi harbiy mojaro fonida AQSH va Isroilning Eronga qarshi hujumlari investorlarni xavfsiz aktiv sifatida AQSH dollarga yo‘naltirdi.

Yaqin Sharqdagi mojaro dollarga nisbatan talabni oshirdi

Reuters xabariga ko‘ra, dollar indeksi boshqa jahon valyutalariga nisbatan ikki kun ichida taxminan 2 foizga oshdi.

 

Geosiyosiy xavflar kuchayishi natijasida moliya bozoridagi ishtirokchilar likvid va barqaror aktiv sifatida dollarga murojaat qilmoqda. Satori Insights tahliliy kompaniyasi asoschisi Matt Kingning ta’kidlashicha, dollar kursining keskin o‘sishi kapital oqimlarining qayta taqsimlanishi bilan bog‘liq. 

 

Investorlar so‘nggi oylar davomida foyda keltirgan spekulyativ pozitsiyalarini yopib, pulni likvid aktivlarga o‘tkazmoqda. Natijada ayrim jahon bozorlarida pasayish kuzatilmoqda: masalan, Janubiy Koreyaning KOSPI indeksi ikki kun ichida qariyb 20 foizga tushdi.

 

Urush xavfi ortishidan oldin dollar bosim ostida edi. 2026-yil boshida dollar indeksi yanvar oyida taxminan 2 foizga pasayib, so‘nggi to‘rt yillik minimumga tushgan edi. 2025-yil davomida esa AQSH valyutasi 10 foizdan ortiq qadrsizlangan. Investor Jeffri Gandlaxning fikricha, ushbu trend uzoq muddatli bo‘lishi mumkin. Shu sababli rivojlanayotgan bozorlardagi real aktivlar va aksiyalar ulushi oshirilishi tavsiya qilinmoqda.

 

Dollarning jahon valyuta tizimidagi hukmronligi 1999-yilda yevroning muomalaga kiritilishi va 2001-yilda Xitoyning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishidan so‘ng zaiflashib, valyutaning zaxiralardagi ulushi 70 foizdan 57 foizga tushgan. Shunga qaramay, dollar hamon xalqaro savdo va moliyalashtirishda asosiy vosita bo‘lib qolmoqda. Xalqaro hisob-kitoblar banki ma’lumotlariga ko‘ra, valyuta bozoridagi barcha operatsiyalarning 89 foizida dollar ishlatiladi, yevroning ulushi esa atigi 29 foizni tashkil qiladi.

 

Dollar neft bozorida ham asosiy hisob-kitob valyutasi bo‘lib, jahon neft savdosining qariyb 80 foizi dollarda amalga oshiriladi.

 

Kaliforniya universiteti professori Berri Ayxengrinning aytishicha, dollar xalqaro savdo va valyuta zaxiralarida hali ham o‘z o‘rnini saqlab qolayotganiga qaramay uning rolini kamaytirish sur’ati tezlashishi mumkin. Federal rezerv ma’lumotlariga ko‘ra, AQSH valyutasining xarid qobiliyati 1996-yildan 2025-yilgacha 52 foizga, 1976-yildan esa 83 foizga kamaygan.

 

Yil boshida ko‘plab iqtisodchilar AQSH dollarining qadri pasayishi haqida ogohlantirgan edi. Iqtisodchi Piter Shriffning fikricha, Amerika valyutasining jahon moliya tizimidagi hukmronlik davri asta-sekin tugashi va markaziy banklar asosiy zaxira aktivi sifatida oltinga o‘tishi mumkin. Bu esa uzoq muddatda AQSH uchun iqtisodiy muammolarni kuchaytirishi ehtimoli mavjudligini ko‘rsatadi.

 

Jahon oltin kengashi statistikasi markaziy banklarning metallga bo‘lgan barqaror talabini tasdiqlaydi. Shu yil boshida oltin narxi birinchi marta bir unsiya uchun 5500 dollardan oshdi, kumush esa bir unsiya uchun 120 dollarga yaqinlashdi. Bu investorlarning himoya aktivlariga qiziqishi kuchayganini ko‘rsatadi.

 

Biroq Eronda urush boshlanishi fonida himoya aktivlariga bo‘lgan talab vaqtincha pasaydi: 3-mart kuni oltin narxi 3 foizga, kumush esa 6 foizga tushdi.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

Yaqin Sharqdagi mojaro dollarga nisbatan talabni oshirdi | Zamon.uz