O'zbekiston

O‘zbekistonda sun’iy intellektni yaratish va foydalanish bo‘yicha etika qoidalari tasdiqlandi

Mazkur etika qoidalari sun’iy intellektga asoslangan yechimlarni yaratish, joriy qilish va foydalanish bo‘yicha tamoyillar va talablarni, shuningdek sun’iy intellekt ishtirokchilarining huquq va majburiyatlarini belgilaydi.

O‘zbekistonda sun’iy intellektni yaratish va foydalanish bo‘yicha etika qoidalari tasdiqlandi

Adliya vazirligi 14-mart 2026-yilda Sun’iy intellektga asoslangan yechimlar etika qoidalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi. Bu haqda “Huquqiy axborot” Telegram-kanalida xabar berildi.

 

Qayd etilishicha, mazkur etika qoidalari sun’iy intellektga asoslangan yechimlarni yaratish, joriy qilish va foydalanish bo‘yicha tamoyillar va talablarni, shuningdek sun’iy intellekt ishtirokchilarining huquq va majburiyatlarini belgilaydi. 

 

Hujjat sun’iy intellekt texnologiyalari va tizimlaridan foydalanishda quyidagi asosiy etika tamoyillarini belgilaydi: 

 

— qonuniylik, 

— shaxs, jamiyat va davlat manfaatlari hamda atrof-muhitni himoya qilish ustuvorligi, 

— tushunarlilik, 

— mas’uliyat va nazorat, 

— adolatlilik va kamsitishga yoʻl qoʻymaslik 

— ochiqlik va shaffoflik, 

— ma’lumotlar himoyasi hamda ishonchlilik va xavfsizlik.

 

Shu bilan birga, qoidalar sun’iy intellekt texnologiyalari asosida ishlaydigan axborot tizimlari natijasiga tayanmaslik kerak bo‘lgan sohalarni ham belgilagan. Inson huquq va erkinliklariga aloqador yuridik qarorlarni, sog‘liqni saqlash sohasidagi (kasalliklarni tashxislash, davolash usullari va boshqa) qarorlarni qabul qilishda sun'iy intellektga tayanmaslik kerakligi ta'kidlangan.

 

Qoidalarga muvofiq, sun’iy intellekt texnologiyalarini ishlab chiquvchi va joriy etuvchilar foydalanuvchilarga ulardan qanday maqsadda foydalanish mumkinligi yoki taqiqlanganligi, sun’iy intellekt yechimlari doim to‘g‘ri bo‘lmasligi va natijalardan faqat tavsiyaviy yoki ma’lumot uchun foydalanish mumkinligi haqidagi ma’lumotlarni taqdim qilishi zarur bo‘ladi.

 

Shuningdek, qoidalarda sun’iy intellekt ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari belgilab berilgan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O‘zbekistonda sun’iy intellektni yaratish va foydalanish bo‘yicha etika qoidalari tasdiqlandi | Zamon.uz