Jahon

Xitoy—Qirg‘iziston—O‘zbekiston temiryo‘li 2030-yilda ishga tushiriladi

Mazkur temiryo‘li qurilishi yakunlanishi bilan mamlakatlar yangi tranzit yo‘llariga ega bo‘ladi va yuk yetkazib berish vaqti qisqaradi.

Xitoy—Qirg‘iziston—O‘zbekiston temiryo‘li 2030-yilda ishga tushiriladi

Markaziy Osiyo mamlakatlari tranzit salohiyatini oshirishga qaratilgan yangi temiryo‘l loyihasi 2030-yilda ishga tushirilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarovga tayanib, 24.kg xabar berdi.

 

Japarovning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy—Qirg‘iziston—O‘zbekiston temiryo‘li qurilishi yakunlanishi bilan mamlakatlar yangi tranzit yo‘llariga ega bo‘ladi va yuk yetkazib berish vaqti sezilarli darajada qisqaradi. Bu esa mintaqa uchun yangi bozorlarga chiqish imkoniyatlarini kengaytiradi.

 

Prezident Japarov bugungi kunda temiryo‘l bo‘ylab infratuzilmani rivojlantirish va savdo-logistika markazlarini qurish davr talabi ekanini ta’kidladi. 

 

Temiryo‘l qurilishi 2024-yil 27-dekabrda boshlangan bo‘lib, 2025-yil 16-dekabr kuni Bishkekda loyihani moliyalashtirish bo‘yicha kredit bitimi imzolangan.

 

Loyihaning umumiy qiymati 4,7 milliard AQSh dollarini tashkil etadi. 

 

Mablag‘ning qariyb yarmi — 2,3 milliard dollar Xitoy tomonidan 35 yil muddatga kredit sifatida uch davlat tomonidan tashkil etilgan qo‘shma loyiha kompaniyasiga ajratiladi. Kreditni qaytarish bevosita loyiha kompaniyasi zimmasiga yuklatiladi. Qolgan 2,3 milliard dollar esa qo‘shma kompaniya ustav kapitaliga kiritiladi. Unda Xitoyning ulushi 51%, Qirg‘iziston va O‘zbekistonning ulushi esa 24,5%dan bo‘ladi.

 

2030-yilda temiryo‘l orqali yillik yuk tashish hajmi 8 million tonna, 2040-yilda 10 million tonna, 2050-yilda esa 13,5 million tonnani tashkil etishi kutilmoqda. Qirg‘iziston hukumati loyiha 30-40 yil ichida o‘zini oqlashini bildirgan.

 

Prezident Japarov shuningdek, loyiha mintaqaning xalqaro ahamiyatini oshirish va yangi tranzit aloqalarini yaratishda muhim rol o‘ynashini ta’kidladi.

 

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

Xitoy—Qirg‘iziston—O‘zbekiston temiryo‘li 2030-yilda ishga tushiriladi | Zamon.uz