O'zbekiston

O‘zbekistonda kartadan kartaga o‘tkazmalar monitoring qilinadi

“Aqlli” nazorat tizimi yordamida byudjetga qo‘shimcha 30 trillion so‘m tushum ta’minlash rejalashtirilgan.

O‘zbekistonda kartadan kartaga o‘tkazmalar monitoring qilinadi

6-aprel kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev soliq ma’murchiligini takomillashtirish hamda soliq organlari faoliyatini isloh qilishga oid taqdimot bilan tanishdi.

 

Qayd etilishicha, so‘nggi ikki yil davomida soliq bazasi kengaygani natijasida byudjet tushumlari iqtisodiyot o‘sish sur’atlaridan tezroq oshmoqda. Xalqaro valyuta jamg‘armasi ham bu natijalarga soliq ma’murchiligini kuchaytirish va yashirin iqtisodiyotni qisqartirish orqali erishilayotganini e’tirof etgan.

 

Taqdimotda tizimni izchil isloh qilish orqali 2030-yilga borib soliq tushumlarini 491,5 trillion so‘mga yetkazish, yashirin iqtisodiyot ulushini esa 28 foizdan 19,6 foizgacha kamaytirish maqsad qilingani ma’lum qilindi.

 

Yig‘ilishda soliq tushumlarini oshirishdagi eng katta zaxira yashirin iqtisodiyotni qisqartirish ekani ta’kidlandi. Shu bois raqamli tahlil va sun’iy intellektdan keng foydalanib, “aqlli” nazorat tizimini joriy etish orqali joriy yilda byudjetga qo‘shimcha 30 trillion so‘m tushum ta’minlash zarurligi qayd etildi.

 

Bu savdo va xizmatlar, sanoat, qurilish hamda umumiy ovqatlanish sohalarida P2P operatsiyalar monitoringi, tovarlarni markirovkalash, raqamli nazoratni kuchaytirish, hujjatsiz yuk tashishni aniqlash va norasmiy bandlikni rasmiylashtirish orqali amalga oshirilishi mumkin.

 

Shuningdek, bozorlar va savdo majmualarida nazorat yetarli darajada yo‘lga qo‘yilmagani, raqamlashtirish ishlari sust ekani ta’kidlandi. Hozirda bu hududlarda 72 mingdan ortiq chakana savdo subyekti faoliyat yuritmoqda. Biroq ularning 38 mingdan ortig‘i oyiga 1 million so‘mdan kam tovar aylanmasini ko‘rsatgan, 40 mingdan ziyodi esa kuniga atigi 2–3 ta chek rasmiylashtirmoqda.

Bundan tashqari, bozorlardagi 12 ming savdo nuqtasi bo‘yicha ijara shartnomalari hisobga olinmagan. Natijada 37 ming tadbirkor oyiga 500 ming so‘mdan kam soliq to‘lagani aniqlangan.

 

Taqdimotda strategik bo‘lmagan yirik soliq to‘lovchilarga hududlarda xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish masalasi ham ko‘rib chiqildi. 209 mingta QQS to‘lovchi soliq organlaridan uzoqda joylashgani sababli xizmat ko‘rsatish va nazorat samaradorligi pasaygani qayd etildi.

 

Shu munosabat bilan 500 ta strategik bo‘lmagan korxona nazoratini viloyat darajasiga, 103 mingdan ortiq qishloq xo‘jaligi, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarini esa tuman darajasiga o‘tkazish taklif qilindi.

 

Yig‘ilishda tadbirkorlar uchun soliq ma’murchiligini soddalashtirish masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi. So‘rov natijalariga ko‘ra, ko‘plab tadbirkorlar tekshiruvlar, hisobot topshirish va soliq to‘lash jarayonlarining murakkabligidan norozi ekani qayd etildi.

 

Shu bois “avtokameral” nazorat tizimini jazolash vositasidan profilaktik tizimga aylantirish, korxonalarni xavf darajasiga qarab “yashil”, “sariq” va “qizil” toifalarga ajratish taklif qilindi.

 

Yangi tizim joriy etilgach, asossiz soliq qarzi, ortiqcha to‘lov va penya qo‘llash holatlari kamayib, tadbirkorlar 8,4 trillion so‘m mablag‘ni tejashi mumkinligi ta’kidlandi.

 

Shuningdek, soliq organlari faoliyatidagi muhim masala sifatida kadrlar salohiyatini oshirish zarurligi qayd etildi. Shu maqsadda Soliq qo‘mitasi huzuridagi Soliq akademiyasining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash choralari belgilandi.

 

Davlat rahbari soliq tizimida raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt asosida yangi ish uslubini joriy etish, tadbirkorlar uchun qulay va adolatli soliq muhitini yaratish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berdi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.