O'zbekiston

O‘zbekistonda ekologik huquqbuzarliklar uchun javobgarlik kuchaytiriladi

Yangi qonunga ko‘ra, ekologik qoidabuzarliklar uchun jarimalar oshiriladi va yuridik shaxslarga moliyaviy sanksiyalar joriy etiladi.

O‘zbekistonda ekologik huquqbuzarliklar uchun javobgarlik kuchaytiriladi

Oliy Majlis Senati atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun javobgarlikni kuchaytirishga qaratilgan qonunni ma’qulladi. Bu haqda parlament yuqori palatasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

 

Qonun bilan ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida sodir etiladigan qoidabuzarliklarning oldini olish hamda javobgarlik choralarini kuchaytirishga qaratilgan bir qator o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

 

Yalpi majlisda ta’kidlanishicha, amaldagi tartibga ko‘ra Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksida nazarda tutilgan ayrim ekologik huquqbuzarliklar uchun jarimalar miqdori past bo‘lib, ular yetarli darajada ogohlantiruvchi va profilaktik ta’sir ko‘rsatmayapti.

 

Shuningdek, mansabdor shaxslarga nisbatan qo‘llanilayotgan jarimalar ayrim hollarda tadbirkorlik subyektlariga sezilarli moliyaviy ta’sir ko‘rsatmayotgani, bu esa mulkdorlar orasida “jazosizlik hissi” paydo bo‘lishiga olib kelayotgani qayd etildi. Shu sababli ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanish sohasidagi qoidabuzarliklar uchun jazolarni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

 

Qonunga muvofiq, Atrof‑muhitni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunga yuridik shaxslarga nisbatan moliyaviy sanksiyalarni belgilovchi yangi bob kiritilmoqda. Mazkur normalar ekologik talablarni buzgan tashkilotlarga nisbatan qat’iy choralar ko‘rishga xizmat qiladi.

 

Bundan tashqari, kodeksning 88-moddasiga ham o‘zgartirishlar kiritilmoqda. Unga ko‘ra, atmosfera havosini muhofaza qilish talablarini buzgan holda shinalar, bitum, yoqilg‘i moyi, plyonka, sintetik materiallar, rezina, jun tolasi hamda turli chiqindilarni maxsus mo‘ljallanmagan joylarda yoqish uchun ma’muriy javobgarlik belgilanishi nazarda tutilmoqda.

 

Qayd etilishicha, yangi tartib ekologik huquqbuzarliklarning oldini olish, atrof-muhitni muhofaza qilish tizimini mustahkamlash hamda tabiatdan oqilona foydalanishni ta’minlashga xizmat qiladi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O‘zbekistonda ekologik huquqbuzarliklar uchun javobgarlik kuchaytiriladi | Zamon.uz