O'zbekiston

O‘zbekistonda qasddan soliq to‘lamaganlar 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin

Daromad yoki soliq solinadigan obyektlarni qasddan yashirish, kamaytirib ko‘rsatish hamda soliqlarni to‘lamaganlik uchun jarimalar oshirildi.

O‘zbekistonda qasddan soliq to‘lamaganlar 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin

O‘zbekistonda 19-iyuldan kuchga kiradigan yangi qonun bilan soliqlar va yig‘imlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash uchun javobgarlik choralari keskin kuchaytirildi.

 

Hujjatga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan. Mazkur o‘zgarishlar soliq sohasidagi huquqbuzarliklarning oldini olish va byudjet tushumlarining barqarorligini ta’minlashga qaratilgan.

 

Kodeksning 174-moddasiga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, foyda (daromad) yoki soliq solinadigan obyektlarni qasddan yashirish, kamaytirib ko‘rsatish hamda soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash uchun jarimalar oshirildi:

 

  • fuqarolar uchun — BHMning 15 baravaridan 25 baravarigacha (6,18 mln so‘mdan 10,3 mln so‘mgacha);

 

  • mansabdor shaxslar uchun — BHMning 25 baravaridan 50 baravarigacha (10,3 mln so‘mdan 20,6 mln so‘mgacha);

 

Agar bunday huquqbuzarlik ancha miqdorda sodir etilsa:

 

  • fuqarolar uchun — BHMning 30 baravardan 50 baravargacha;

 

  • mansabdorlar uchun — BHMning 50 baravardan 100 baravargacha jarima belgilanadi.

 

Shuningdek, daromadlar deklaratsiyasini taqdim etmaslik, kechiktirish yoki unda atayin noto‘g‘ri ma’lumot kiritish BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha jarima solishga sabab bo‘ladi.

 

Mazkur modda bo‘yicha “ancha miqdor” BHMning 100 baravaridan 600 baravarigacha (41,2 mln so‘mdan 247,2 mln so‘mgacha) bo‘lgan summani anglatadi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 184-moddasiga kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, soliqlarni qasddan yashirish yoki to‘lashdan bo‘yin tovlash ancha miqdorda sodir etilib, avval ma’muriy jazo qo‘llanganidan keyin takrorlansa:

 

  • BHMning 100–150 baravarigacha jarima;

 

  • yoki 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari;

 

  • yoki 1–3 yilgacha ozodlikni cheklash;

 

  • yoxud 1–3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llanadi.

 

Agar huquqbuzarlik takroran yoki ko‘p miqdorda sodir etilsa BHMning 200–300 baravarigacha jarima, yoki 2–3 yil axloq tuzatish ishlari, yoki 3–5 yil ozodlikni cheklash, yoxud 3–5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilanadi.

 

Juda ko‘p miqdorda sodir etilgan hollarda esa BHMning 300–600 baravarigacha jarima, yoki 5 yildan 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llanadi.

 

Qonunchilikka ko‘ra, yashirilgan yoki kamaytirib ko‘rsatilgan daromad bo‘yicha soliqlar va yig‘imlar to‘liq to‘langan taqdirda, ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llanilmaydi.

 

Bundan tashqari, agar shaxs jinoyatni birinchi marta sodir etgan bo‘lsa va tergov boshlanguniga qadar yoki sud maslahatxonaga kirguniga qadar davlatga yetkazilgan zararni (soliq, penya va boshqa sanksiyalarni) to‘liq qoplasa, u javobgarlikdan ozod etilishi mumkin.

 

Mazkur modda bo‘yicha:

 

  • ancha miqdor — BHMning 100–600 baravari,

 

  • ko‘p miqdor — 600–1000 baravari (247,2 mln so‘mdan 412 mln so‘mgacha),

 

  • juda ko‘p miqdor — 1000 baravar va undan ortiq miqdor hisoblanadi.
custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"