O'zbekiston

Navoiyda 8 yoshli o‘quvchi ingliz tilidan B2 sertifikatini qo‘lga kiritdi

2-sinf o‘quvchisi qariyb uch yildan buyon ingliz tilini o‘rganib kelgan.

Navoiyda 8 yoshli o‘quvchi ingliz tilidan B2 sertifikatini qo‘lga kiritdi

Navoiy shahrida 8 yoshli o‘quvchi Muhammadali Yusupov ingliz tilidan B2 darajadagi milliy sertifikatni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi ma’lum qildi.

 

Muhammadali Yusupov Navoiy shahridagi 4-son umumta’lim maktabining 2-sinf o‘quvchisi hisoblanadi. Uning ushbu natijasi yosh jihatdan milliy sertifikatni qo‘lga kiritgan eng yaxshi ko‘rsatkichlardan biri sifatida e’tirof etilmoqda.

 

Ma’lum qilinishicha, Muhammadali qariyb uch yildan buyon ingliz tilini qo‘shimcha mashg‘ulotlar orqali o‘rganib kelgan. So‘nggi olti oy davomida unga o‘quv markazi o‘qituvchisi Shahzod Bobonazarov saboq bergan.

 

Ustozining ta’kidlashicha, Muhammadali sertifikatni ilk urinishdayoq qo‘lga kiritgan.

 

custom img

Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Daniya tashqi ishlar vazirini qabul qildi

Uchrashuvda ikki davlat hamkorligini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

O‘zbekistonda ish haqi oshdi: o‘rtacha maosh 7,1 mln so‘mga yetdi

Eng yuqori real ish haqi o‘sishi Jizzax viloyatida, eng yuqori o‘rtacha maosh esa moliya va sug‘urta sohasida qayd etildi.

custom img

O‘zbekiston kontenti uchun xalqaro maydon: Tashkent Content Market Bokuda taqdim etildi

Platforma O‘zbekiston kontentini xalqaro bozorlarga olib chiqish, distribyutsiya va koproduksiya imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

custom img

“Odamlar ko‘chada yotibdi”: Maktab ta’limi vazirligi videoga izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda vazirlik qabulxonasiga murojaat qilgan fuqarolar “ko‘chada yotibdi” degan mazmundagi xabarlar tarqaldi.

custom img

Ish joyida shahvoniy shilqimlikka yo‘l qo‘yilmaydi: Senat qonunni ma’qulladi

Mehnat kodeksiga shahvoniy shilqimlikni taqiqlash, ish beruvchining xodimlar uchun xavfsiz muhit yaratish majburiyatini belgilashga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritiladi.

custom img

Qizlarni ish bilan aldab, Turkiyaga olib kelgan: xalqaro qidiruvdagi ayol ushlandi

Odam savdosida gumonlanib qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyada qo‘lga olindi.

custom img

Hamma kutgan qonun: Senat umrbod qamoq jazosini ma’qulladi

Hujjatga ko‘ra, 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga nisbatan ayrim jinsiy jinoyatlar uchun umrbod qamoq jazosi qo‘llanadi.

custom img

Yomg‘ir, qor va kuchli shamol: O‘zbekistonga sovuq havo kirib keladi

“O‘zgidromet” ob-havo keskin o‘zgarishidan ogohlantirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"