Jahon

Yaponiyada davlat xizmatchilariga “shortik” kiyishga ruxsat berildi

Ushbu chora orqali rasmiylar konditsionerlarga bo‘lgan bog‘liqlikni kamaytirib, energiya xarajatlarini qisqartirishni ko‘zlamoqda.

Yaponiyada davlat xizmatchilariga “shortik” kiyishga ruxsat berildi

Yaponiyaning Tokio shahri hokimiyati davlat xizmatchilariga yozgi issiqda energiya xarajatlarini kamaytirish maqsadida kostyum o‘rniga shortik kiyishni tavsiya qilmoqda. Bu haqda The Guardian nashri xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, rasmiylar bu chora AQSh–Isroilning Eron bilan urushi fonida energiya xarajatlarining oshishi ortidan qabul qilinganini bildirmoqda.

 

Yaponiyaning ‘Cool Biz’ energiya tejash tashabbusidan ilhomlangan Tokio rasmiylari ushbu chora konditsionerlarga bo‘lgan bog‘liqlikni kamaytirishiga umid qilmoqda. 2005-yilda Yaponiya atrof-muhit vazirligi tomonidan yo‘lga qo‘yilgan ushbu dastur dastlab davlat xizmatchilariga galstuk va pidjakdan voz kechishni tavsiya etgan, biroq hozirgacha shortik kiyishga ruxsat bermagan edi.

 

Energiya tanqisligi xavfi Tokioda davlat xizmatchilariga ish joyida erkinroq kiyinishga ruxsat berilishiga sabab bo‘lgan omillardan biri sifatida ko‘rilmoqda. Agence France-Presse xabariga ko‘ra, tashabbus joriy etilganidan buyon ayrim xodimlar shortik, futbolka va qisqa yengli kiyimlarda ishga kelishni boshlagan.

 

Mahalliy OAVga intervyu bergan bir davlat xizmatchisi shortikda ishga kelgan ilk kunini izohlab, “Avvaliga biroz hayajonlandim, ammo juda qulay ekan, ish samaradorligim ham oshadi deb o‘ylayman”, — degan.

 

Tokio gubernatori Yuriko Koike esa elektr energiyasi ta’minoti bilan bog‘liq vaziyat murakkab bo‘lishi mumkinligini ta’kidlab, qulay kiyimlarni — polo ko‘ylaklar, futbolkalar, krossovkalar va ayrim hollarda shortiklarni kiyishni tavsiya qilgan.

 

Mutaxassislar fikricha, Eron urushi omilidan tashqari, iqlim o‘zgarishi ham ish kiyimlariga bo‘lgan yondashuvni o‘zgartirishga majbur qilmoqda. Yaponiya meteorologiya agentligi ma’lumotiga ko‘ra, mamlakat 1898-yildan beri kuzatilgan eng issiq yozni o‘tgan yili boshdan kechirgan. Hozirda esa haroratning 40°C va undan yuqoriga chiqishi odatiy holga aylanib bormoqda.

 

Agentlik yaqinda “kokusho” — ya’ni “o‘ta jazirama issiq” deb ataluvchi yangi ekstremal ob-havo hodisasini ham joriy etdi.

 

Yaqin Sharqdagi mojaroning Osiyoga ta'siri

 

Yaponiya va Osiyoning boshqa davlatlari Yaqin Sharqdagi mojaro tufayli neft narxlarining oshishi va yonilg‘i ta’minotidagi uzilishlardan xavotirda. Yaponiya import qiladigan neftning qariyb 90 foizi Yaqin Sharqdan keladi va uning katta qismi Hormuz bo‘g‘ozi orqali tashiladi. Janubiy Koreyada ishlatiladigan tabiiy gazning qariyb 20 foizi ham aynan shu yo‘nalish orqali yetkazib beriladi.

 

Vyetnam, Janubiy Koreya va boshqa davlatlar energiya iste’molini cheklash choralarini ko‘rmoqda. 

 

Ayrim Osiyo mamlakatlarida esa davlat xizmatchilariga masofadan ishlash tavsiya qilinmoqda yoki ish haftasi qisqartirilmoqda. Seulda aholiga qisqa masofalarda piyoda yoki velosipedda harakatlanish tavsiya etilgan.

 

Yaponiya allaqachon strategik neft zaxiralaridan foydalanishni boshlagan. Mahalliy OAV xabariga ko‘ra, 1-maydan boshlab yana qo‘shimcha 20 kunlik neft zaxirasini bozorga chiqarish rejalashtirilmoqda. Shuningdek, mamlakat Hormuz bo‘g‘ozidan tashqari yo‘llar orqali yetkazib beruvchilardan ham neft xarid qilmoqda.

 

Mutaxassislar ogohlantirishicha, agar muhim dengiz yo‘lagi orqali yuk tashish tez orada tiklanmasa, dunyoning to‘rtinchi yirik iqtisodiyoti bo‘lgan Yaponiyada xom neft tanqisligi yuzaga kelishi mumkin. Bu esa 1970-yillardagi neft inqirozlari davridagi kabi benzin va elektr energiyasidan foydalanishni keskin cheklash choralariga olib kelishi ehtimoldan xoli emas.

 

custom img

Qirg‘iziston kosmosga chiqdi: mamlakatning ilk milliy sun’iy yo‘ldoshi uchirildi

Qirg‘iziston va BAA hamkorligida yaratilgan sun’iy yo‘ldosh ilk bor orbitaga chiqarildi.

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"