Jahon

Maduroni qo'lga olish operatsiyasida ishtirok etgan AQSH ofitseri hibsga olindi

U ushbu operatsiya bo‘yicha maxfiy ma’lumotlardan foydalangan holda 400 ming dollardan ortiq daromad olganlikda ayblanmoqda.

Maduroni qo'lga olish operatsiyasida ishtirok etgan AQSH ofitseri hibsga olindi

 

AQShda Venesuela prezidenti Nikolas Maduroni qo‘lga olish bo‘yicha maxsus operatsiyada qatnashgan harbiy xizmatchi hibsga olindi. U maxfiy hukumat ma’lumotlaridan foydalangan holda noqonuniy daromad orttirganlikda ayblanmoqda.

 

AQSh Adliya vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, 38 yoshli serjant Gannon Ken Van Dayk 2025-yil dekabridan 2026-yil yanvarigacha Venesueladagi maxsus operatsiyani tayyorlash jarayonida ishtirok etgan. Shu bilan birga, u Polymarket platformasida operatsiya natijalari va siyosiy voqealar bo‘yicha pul tikish orqali foyda ko‘rgan.

 

Rasmiylarga ko‘ra, harbiy xizmatchi taxminan 13 ta tikish amalga oshirgan. Ular orasida AQSh harbiylarining Venesuelaga kirishi, Maduro hokimiyatdan chetlatilishi va qo‘lga olinishi bilan bog‘liq variantlar bo‘lgan. Natijada u 400 ming dollardan ortiq mablag‘ ishlab topgan.

 

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Van Dayk daromadni keyinchalik kriptovalyutaga aylantirgan hamda akkauntini o‘chirib izlarni yashirishga uringan. Prokuratura buni davlat sirlaridan shaxsiy manfaat yo‘lida foydalanish sifatida baholamoqda.

 

Unga nisbatan maxfiy ma’lumotlardan noqonuniy foydalanish, firibgarlik va moliyaviy jinoyatlar bo‘yicha ayblov qo‘yilgan. Agar aybi isbotlansa, u 20 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

custom img

Kaʼbani portlatishga urinish bo‘lganmi? Saudiya rasmiylari javob berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Makkada xudkush terrorchi qo‘lga olingani haqida videolar tarqaldi.

custom img

9 nafar tinch aholi halok bo‘ldi: Pokiston Afg‘onistonga havo zarbalari berdi

Pokiston “terrorchilar lagerlari va boshpanalari”ga zarba berilganini ta'kidladi.

custom img

20 baravar qimmatlashdi: Yaponiyada doimiy yashash ruxsatnomasi narxi keskin oshirildi

Yangi mezonlarda daromad, pensiya, moliyaviy aktivlar va yapon tilini bilish darajasi ham hisobga olinadi.

custom img

O‘quvchilar noroziligi: 2000 kishi hibsga olindi

Fransiyada litsey o‘quvchilarining ta’lim sharoitlari yuzasidan boshlangan noroziliklari kuchaydi.

custom img

“Muzokaralarni boshlashga tayyormiz”: Putin Ukraina bo‘yicha bayonot berdi

Rossiya prezidentining qayr etilishicha, kelishuv Rossiya va uning xalqi uchun maqbul shartlarda bo‘lishi kerak.

custom img

Qirg‘iziston kosmosga chiqdi: mamlakatning ilk milliy sun’iy yo‘ldoshi uchirildi

Qirg‘iziston va BAA hamkorligida yaratilgan sun’iy yo‘ldosh ilk bor orbitaga chiqarildi.

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"