Jahon

AQSH delegatsiyasi Eron bilan muzokara o‘tkazish uchun Islomobodga boradi

Eron tashqi ishlar vaziri ham Pokistonga yetib borgan. Lekin u AQSH prezidentining vakillari bilan uchrashmoqchi emas.

AQSH delegatsiyasi Eron bilan muzokara o‘tkazish uchun Islomobodga boradi

AQSH prezidenti Donald Tramp o‘z elchilari Stiv Uitkoff va Jared Kushnerni Islomobodda Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi bilan muzokaralar o‘tkazish uchun yubormoqda. Bu haqda Associated Press Oq uyga tayanib xabar berdi.

 

Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Levittning Reuters agentligiga ma’lum qilishicha, ular 25-aprel kuni Pokistonga jo‘nab ketadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, aprelda Eron bilan muzokaralarning birinchi bosqichini o‘tkazgan AQSH vitse-prezidenti Jey Di Vens ham, agar Vashington zarur deb hisoblasa, Islomobodga borishi mumkin.

 

Eron tashqi ishlar vaziri esa allaqachon Pokistonga yetib kelgan. Reuters manbalariga ko‘ra, Aroqchi AQSH muzokarachilari bilan uchrashishni rejalashtirmayapti, uning tashrifi qisqa bo‘ladi. U Pokistonga AQSHga yetkazilishi lozim bo‘lgan takliflarini taqdim etmoqchi. Shundan so‘ng Aroqchi Maskat (Oman) va Moskvaga yo‘l oladi.

 

Axios nashri jurnalisti Barak Ravidning manbalarga tayanib xabar berishicha, AQSH va Eron muzokarachilari avval Pokiston vositachilari bilan alohida-alohida uchrashganidan keyin o‘zaro uchrashuv o‘tkazishi mumkin. 

 

Axios manbalariga ko‘ra, AQSH, Eron va Pokiston ishtirokidagi uch tomonlama uchrashuv 27-aprel kuni bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

 

AQSH va Eron 7-aprel kuni 28-fevraldan beri davom etayotgan urushni yakunlash bo‘yicha kelishuvga erishish maqsadida vaqtinchalik sulh tuzgan edi. Tomonlar Islomobodda birinchi bosqich muzokaralarini o‘tkazgan, biroq hech qanday kelishuvga erisha olmagan. Keyinchalik yangi uchrashuv sanasi uzoq muhokama qilingan, biroq Tehron vakillari muzokara o‘tkazishni rad etib kelgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

custom img

AQSh-Eron muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirdi — Axios

Qatar vositachilari ikki tomon o‘rtasida kelishuvga erishishga urinmoqda, biroq hozircha natija yo‘q.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"