Jahon

“Temur tuzuklari” ispan tiliga tarjima qilinadi

Ta’kidlanishicha, “Temur tuzuklari”ning ispan tilidagi nashri Yevropa o‘quvchilariga Temuriylar davlati va uning huquqiy asoslari haqida kengroq tasavvur berishda muhim ahamiyat kasb etadi.

“Temur tuzuklari” ispan tiliga tarjima qilinadi

O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasining xorijiy tashrif dasturi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi, O‘zbekiston xalq yozuvchisi Xayriddin Sultonov, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori, WOSCU Butunjahon jamiyati boshqaruvi raisi Firdavs Abduxoliqov, Temuriylar tarixi davlat muzeyi direktori Xurshid Fayziyev hamda WOSCU koordinatori Yekaterina Soboleva ishtirokida Yevropaning yetakchi nashriyotlaridan biri — Mueller & Schindler nashriyot uyiga tashrif amalga oshirildi.

 

Ma'lum qilinishicha, tashrif doirasida nashriyot prezidenti Sharlotta Kramer, vitse-prezident Aleksandr Vilgelm hamda kompaniya mutaxassislari bilan mazmunli uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv Xalqaro kitob kuniga to‘g‘ri kelgani muloqotga alohida mazmun va ramziy ahamiyat bag‘ishladi.

 

Suhbat davomida 2017-yildan buyon Mueller & Schindler nashriyoti WOSCU bilan hamkorlikda amalga oshirgan qator nufuzli faksimile loyihalar alohida ta’kidlandi. 

 

Jumladan, “Husayn Boyqaro devoni”, Zafarnoma (Kamoliddin Behzod miniatyuralari bilan), Katta Langar Qur’oni, “Temur tuzuklari” va “Me’rojnoma” kabi noyob asarlarning faksimile nashrlari amalga oshirilgan. Bu loyihalar dunyo muzey va kutubxonalarida saqlanayotgan qimmatli qo‘lyozmalarni asl nusxasiga yaqin holda qayta nashr etish va ilmiy hamda madaniy muomalaga kiritishga xizmat qilmoqda.

 

Nashriyot prezidenti Sharlotta Kramer o‘z nutqida shunday dedi:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan keng qamrovli va tizimli ishlar uchun samimiy minnatdorlik bildiraman. Davlat rahbariyati darajasida madaniyatga bunday e’tibor jahonda kam uchraydi va u boshqalar uchun ibrat bo‘la oladi. Ko‘p yillik hamkorligimiz davomida amalga oshirilayotgan islohotlarning chuqurligiga bevosita guvoh bo‘ldik.

 

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Xayriddin Sultonov esa hamkorlarga minnatdorlik bildirib, ularning O‘zbekiston madaniyatini xalqaro miqyosda targ‘ib etishdagi hissasini yuqori baholadi va nashriyot vakillarini ishonchli hamkorlar sifatida e’tirof etdi.

 

Uchrashuv davomida yangi faksimile nashrlar taqdim etildi, kelgusidagi qo‘shma loyihalar muhokama qilindi hamda O‘zbekistonning boy tarixiy-madaniy merosini xalqaro maydonda keng targ‘ib etish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

 

“114 Qur’on” nomli yirik xalqaro loyiha ham muhokamalar markazida bo‘ldi. Ushbu tashabbus O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi va WOSCU hamkorligida amalga oshirilmoqda. Loyiha doirasida Qur’on xattotligi va bezak san’atining eng sara namunalarini bir jildda jamlash ko‘zda tutilgan. Unda dunyoning yetakchi mutaxassislari — Qur’onshunoslar, san’atshunoslar va restavratorlar ishtirok etmoqda. Natijada O‘zbekiston tarixi bilan bog‘liq bo‘lgan dunyodagi eng nodir 114 ta Qur’on qo‘lyozmasini o‘z ichiga olgan, ilmiy sharhlar bilan boyitilgan yuqori sifatli nashr tayyorlanishi rejalashtirilgan.

 

Shuningdek, “O‘zbekiston: Samarqandga oltin yo‘l” nomli sayyohlik kitob loyihasi ham muhokama qilindi. Ushbu loyiha mamlakatning hududlari, boy me’moriy merosi, tarixiy shaharlari, tabiiy manzaralari va zamonaviy madaniy muhitini keng yoritish orqali O‘zbekiston haqidagi xalqaro tasavvurni boyitishga xizmat qiladi.

 

Hamkorlik istiqbollari muhokamasi chog‘ida Xayriddin Sultonov “Temur tuzuklari” asarini ispan tilida nashr etish tashabbusini ilgari surdi. Mazkur asar Temuriylar davlatidagi boshqaruv tizimi, siyosiy tamoyillar va strategik fikrlashni o‘zida mujassam etgan muhim tarixiy manba hisoblanadi.

 

 

Qayd etilganidek, ushbu loyihani amalga oshirish ispan tilli o‘quvchilar uchun Temuriylar merosini yanada yaqinlashtiradi, ilmiy tadqiqotlarga yangi turtki beradi hamda O‘zbekiston bilan ispan tilli mamlakatlar o‘rtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlaydi.

 

Mueller & Schindler nashriyoti mazkur tashabbusni qo‘llab-quvvatlab, uning ilmiy va madaniy ahamiyatini yuqori baholadi. Ta’kidlanishicha, “Temur tuzuklari”ning ispan tilidagi nashri Yevropa o‘quvchilariga Temuriylar davlati va uning huquqiy asoslari haqida kengroq tasavvur berishda muhim ahamiyat kasb etadi.

 

Mazkur tashrif xalqaro nashriyotchilik va madaniy hamkorlikni yanada rivojlantirishda muhim qadam bo‘lib, jahon jamoatchiligini O‘zbekistonning boy tarixiy-madaniy merosiga bo‘lgan qiziqishi tobora ortib borayotganini yana bir bor tasdiqladi.

custom img

G‘azoda urushdan zarar ko‘rgan bino qulab tushdi: 21 kishi halok bo‘ldi

Binoda boshpanaga muhtoj, ko‘chirilgan oilalar yashayotgan bo‘lgan.

custom img

Makka osmonidagi xavf: Pokiston bosh vaziri keskin munosabat bildirdi

Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif Makkai Mukarramaga yo‘naltirilgani aytilgan dron hujumi urinishini keskin qoraladi.

custom img

907 kilogrammlik bombalar: AQSH Isroilga 2,8 mlrd dollarlik qurol sotmoqchi

Rejalashtirilayotgan paketga qariyb 907 kilogrammlik 40 mingta bomba kiritilishi aytilmoqda.

custom img

Eron urushi AQShga qimmatga tushmoqda: xarajatlar 38 mlrd dollarga yetdi

Urush davom etsa, oyiga yana 3 mlrd dollargacha mablag‘ sarflanishi mumkin.

custom img

Eronga qarshi urush: AQSH Kongressi Eronga qarshi harbiy amaliyotlarni to‘xtatishga chaqirdi

AQSH Vakillar palatasi harbiy amaliyotlarni Kongress roziligisiz davom ettirishni cheklashga chaqiruvchi rezolyutsiyani 220 ovoz bilan maʼqulladi.

custom img

Eron samolyotida kutilmagan nosozlik: g‘ildirak shinasi havoda uzilib ketdi

Samolyot Mashhad aeroportiga favqulodda qo‘ndirildi.

custom img

Eronga qochish: 17 nafar afg‘on tashnalikdan halok bo‘ldi

Halok bo‘lganlar orasida bir oilaning besh nafar a’zosi ham bor.

custom img

Husiylar Saudiya Arabistoniga zarba berdi: Ar-Riyod “qat’iy javob” va’da qildi

Husiylar Saudiya hududiga uyushtirgan raketa va dron hujumlarini Yamandagi Saudiya havo zarbalariga javob sifatida izohladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"