Jahon

Livan bilan tinchlik jarayoni boshlangan — Netanyaxu

Isroil bosh vaziri Donald Tramp Eronga har tomonlama kuchli bosim o‘tkazayotganini bildirdi.

Livan bilan tinchlik jarayoni boshlangan — Netanyaxu

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Isroil Donald Tramp ma’muriyati bilan Eron ustidan iqtisodiy va harbiy bosimni kuchaytirayotganini ma’lum qildi. Bu haqda Iran International xabar berdi. 

 

U juma kuni e’lon qilingan video murojaatida Isroil “Yaqin Sharqdagi vaziyatni o‘zgartirishga intilayotganini” va hozirgi siyosiy hamda harbiy choralar shu strategiya doirasida amalga oshirilayotganini bildirdi.

 

Netanyaxu Eron masalasida AQSh bilan hamkorlik davom etayotganini ta’kidlab, Tramp bilan o‘tgan suhbat “juda yaxshi” bo‘lganini qayd etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh Eronga nisbatan iqtisodiy va harbiy bosimni kuchaytirmoqda va Isroil ham bu jarayonda to‘liq hamkorlikda harakat qilmoqda.

 

Shuningdek, u Isroilning shimoliy yo‘nalishdagi vaziyatiga to‘xtalib, Livan bilan diplomatik munosabatlar boshlanganini bildirdi.

 

Uning aytishicha, tomonlar o‘rtasida “tarixiy tinchlik”ka erishish jarayoni boshlangan, biroq bu jarayonni izdan chiqarishga urinishlar mavjud.

 

“Livan bo‘yicha biz Isroil va Livan o‘rtasida tarixiy tinchlikka erishish jarayonini boshladik, ammo ‘Hizbulloh’ uni buzishga urinmoqda,” — dedi Netanyaxu.

 

Ma’lumot o‘rnida, 23-aprel kuni kechqurun AQSH prezidenti Donald Tramp Isroil va Livan o‘rtasidagi sulh yana uch haftaga uzaytirilganini va Vashington ikki davlat o‘rtasida uzoq muddatli tinchlik kelishuviga erishishga intilayotganini e’lon qildi.

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.