O'zbekiston

Biznes-ombudsman Toshkentning “Dizayn-kodi” qarorini qayta ko‘rib chiqishni talab qildi

Umumiy ovqatlanish sohasi tadbirkorlari  yangi dizayn-kod “savodsizlarcha” qilinganini aytib, peshlavhalarni majburiy demontaj qilish chog‘ida elektr energiyasini o‘chirish bilan tahdid qilinayotganidan shikoyat qildi.

Biznes-ombudsman Toshkentning “Dizayn-kodi” qarorini qayta ko‘rib chiqishni talab qildi

Biznes-ombudsman devoni tomonidan Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 2026-yil 17-fevraldagi “Dizayn-kodi”ga oid qarori tadbirkorlik faoliyatiga ta’siri nuqtayi nazaridan o‘rganildi.

 

Ma’lum qilinishicha, mazkur hujjatning ayrim bandlari amaldagi qonunchilik talablariga zid ekani aniqlangan. Xususan, Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risidagi Qonunga muvofiq, tadbirkorlik faoliyatiga ta’sir etuvchi hujjatlar loyihalari Biznes-ombudsman bilan majburiy tartibda kelishilishi lozim. Biroq ushbu qaror Vakil bilan kelishilmasdan qabul qilingani qayd etilgan.

 

Shuningdek, qarorda reklama vositalariga qo‘yilgan “past to‘yingan” yoki “neytral” rang kabi tushunchalarning aniq huquqiy mezonlari belgilanmagani ta’kidlangan. Bu esa, mutaxassislar fikricha, tadbirkorlarning intellektual mulk huquqlariga, xususan ro‘yxatdan o‘tgan brendlar manfaatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

 

Bundan tashqari, yangi talablarga moslashish uchun belgilangan 3 oylik muddat yetarli emasligi, jarayonni bosqichma-bosqich joriy etish mexanizmlari nazarda tutilmagani ham qayd etilgan. Bir necha obyektlarga ega bo‘lgan tarmoq tashkil etgan brendlarning manfaatlari inobatga olinmagan. 

 

Shu munosabat bilan Biznes-ombudsman tomonidan Toshkent shahar Kengashiga qarorning tadbirkorlik faoliyatiga daxldor qismlarini qayta ko‘rib chiqish, tegishli o‘zgartirishlar kiritish hamda kuchga kirish muddatini uzaytirish yuzasidan rasmiy xulosa kiritilgan.

 

Vakil devoni, shuningdek, mazkur hujjatni tadbirkorlar manfaatlarini inobatga olgan holda, o‘z xodimlari ishtirokida qayta ishlab chiqishni taklif etgan.

 

Shuningdek, Savdo-sanoat palatasi tomonidan o‘tkazilgan ochiq muloqotda, umumiy ovqatlanish sohasi tadbirkorlari Toshkentning yangi dizayn-kodi “savodsizlarcha” qilinganini aytib, peshlavhalarni majburiy demontaj qilish chog‘ida elektr energiyasini o‘chirish bilan tahdid qilinayotganidan shikoyat qildi. 

 

Xususan Giotto tarmog‘i asoschisi Kemal Kaya dizayn kodini ishlab chiqqan kompaniyani keskin tanqid qilib, ularning ishini “savodsizlik” deb atadi. U bunga misol qilib prezident tashrifi arafasida “O‘zbekiston ovozi” ko‘chasidagi (S-1) filial bilan bog‘liq vaziyatni keltirdi.

 

Tadbirkor hokimlik talabi bilan restoran peshlavhasini bir necha bor o‘zgartirganini aytdi. Oqibatda oxirgi hokimlik xodimlarining o‘ziga ham yoqmagan.

 

Restorator hujjatda belgilangan peshlavhalar proporsiyalari (harflar 50 sm dan oshmasligi) noto‘g‘ri ekanini aytib, bu muassasalar, ayniqsa xalqaro brendlarga qiyinchilik tug‘dirayotganini bildirdi. 

 

“Siz mamlakatni butun Yevropa oldida sharmanda qilyapsiz Bunday loyihani normal mamlakatda qila olmaysiz, uzr. Bu usul o‘tmaydi Italyanlar kulyapti. Papa Johns’da ham xuddi shu muammo. Hammada muammo bor. Nega bu yerda muammo bo‘lishi kerak? Bunga hokimiyat emas, loyihani ishlab chiqqan odamlar aybdor. Ularning aybi tufayli hokimiyatga ham, sizga ham, odamlarga ham — hammaga qiyin bo‘lyapti. O‘zbekistonni Shimoliy Koreyaga aylantirmoqchisiz”, — deya qayd etdi u.

 

Dizayn kodni ishlab chiqishga rahbarlik qilgan “Toshkent Invest” kompaniyasining developerlik loyihalarini shakllantirish va qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i Rushana Hasanova rasmiylar hujjatni muhokama qilishga ochiq ekanini ma’lum qildi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, loyiha ishlab chiquvchisi Rossiyaning CM International kompaniyasi hisoblanadi. U 2024-yildan buyon hokimlik huzuridagi “Toshkent Invest” kompaniyasi buyurtmasi asosida loyiha bilan shug‘ullanib kelgan.

 

Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahar hokimligining “peshlavhalarni birxillashtirish” haqidagi qaroridan keyin Toshkent shahrining bir qator markazlaridagi tadbirkorlik subyektlariga bir necha bor o‘zgartirish kiritilganidan tadbirkorlar norozi bo‘lib kelayotgan edi. 

 

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"