O'zbekiston

Rossiya armiyasida eng ko‘p o‘zbekistonliklar halok bo‘lmoqda

2023-yilda 498 nafar, 2024-yilda 941 nafar hamda 2025-yilning dastlabki olti oyida qariyb 1 300 nafar o‘zbekistonlik Rossiya bilan harbiy shartnoma imzolagan.

Rossiya armiyasida eng ko‘p o‘zbekistonliklar halok bo‘lmoqda

Rossiya-Ukraina urushi davomida Rossiya armiyasi safida jang qilgan xorijiy fuqarolar orasida eng katta yo‘qotishlar o‘zbekistonliklar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Bu haqda Truth Hounds e’lon qilgan hisobotda ma’lum qilindi.

 

Xabarga ko'ra, 2022-yildan buyon kamida 130 dan ortiq davlatdan o‘n minglab xorijliklar Rossiya armiyasiga jalb qilingan. Ularning sezilarli qismi Markaziy Osiyo davlatlari, xususan O‘zbekiston fuqarolaridan iborat.

 

Hisobotda qayd etilishicha, Rossiya tomonida kamida 481 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘lgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich xorijiy jangchilar orasida eng yuqori hisoblanadi. Keyingi o‘rinlarda Tojikiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston fuqarolari qayd etilgan.

 

Shuningdek, nodavlat manbalar ma’lumotiga ko‘ra, kamida 4 707 nafar o‘zbekistonlik Rossiya armiyasi safida Ukrainaga qarshi janglarda ishtirok etgan yoki hozir ham qatnashmoqda. Xususan, 2023-yilda 498 nafar, 2024-yilda 941 nafar hamda 2025-yilning dastlabki olti oyida qariyb 1 300 nafar o‘zbekistonlik Rossiya bilan harbiy shartnoma imzolagan.

 

Hisobotda yana bir muhim jihat — asirga tushgan xorijliklar orasida ham o‘zbekistonliklar soni yuqori ekani ta’kidlangan.

 

Tadqiqotchilar yollash jarayoni asosan ijtimoiy va huquqiy jihatdan himoyasiz qatlam, xususan mehnat migrantlariga qaratilganini qayd etdi. Unga ko‘ra, migrantlar istiqomat qiladigan joylar va masjidlarda reydlar o‘tkazilishi, ayrim hollarda harbiy xizmat deportatsiya yoki jinoiy javobgarlikdan qutulish vositasi sifatida taklif etilgani aytiladi.

 

Bundan tashqari, hujjatlarni tortib olish, bosim o‘tkazish, soxta ayblovlar qo‘yish hamda jismoniy tazyiq holatlari haqida ham ma’lumotlar keltirilgan. Ayrim xorijliklar Rossiya fuqaroligini olish yoki Yevropaga chiqish va’dalari bilan jalb etilgani, ammo tilni bilmagan holda shartnoma imzolashga majbur bo‘lgani qayd etilgan.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, qisqa muddatli tayyorgarlikdan so‘ng ularning aksariyati frontning eng xavfli hududlariga yuborilgan.

 

Tadqiqot mualliflari ushbu jarayonni oddiy yollash emas, balki aldash, majburlash va ekspluatatsiya unsurlarini o‘z ichiga olgan, odam savdosi belgilariga yaqin tizimli holat sifatida baholagan.

 

Hisobotda ta’kidlanishicha, xorijliklarni Rossiya armiyasiga jalb qilish amaliyoti tizimli tus olgan bo‘lib, bu holat mintaqaviy xavfsizlik va inson huquqlari nuqtai nazaridan jiddiy xavotir uyg‘otmoqda.

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.