Jinoyat

Sirdaryoda norasmiy nikohdagi ayol erining qonuniy xotini va qizini pichoqlab o‘ldirdi

Halok bo‘lgan ayolning 4 nafar farzandi bo‘lgan. 3 yoshli qizi ham pichoqlanib, og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan.

Sirdaryoda norasmiy nikohdagi ayol erining qonuniy xotini va qizini pichoqlab o‘ldirdi

Sirdaryo viloyatining Shirin shahrida sodir bo‘lgan og‘ir jinoyat oqibatida ayol va uning 5 yoshli qizi halok bo‘ldi, yana bir 3 yoshli qizaloq esa og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda Kun.uz xabar berdi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea 29-aprel kuni kechga yaqin yuz bergan. 1997-yilda tug‘ilgan ayol o‘z uyida uy yumushlari bilan band bo‘lgan vaqtida turmush o‘rtog‘ining shar’iy nikohdagi ayoli — 29 yoshli N.X. xonadonga kirib kelib, unga va ikki nafar farzandiga pichoq bilan hujum qilgan. Shundan so‘ng gumonlanuvchi voqea joyidan yashiringan.

 

Hujum oqibatida ayol va uning 5 yoshli qizi voqea joyida vafot etgan. 3 yoshli qizaloq esa og‘ir ahvolda shifoxonaga olib ketilgan bo‘lib, hozirda jonlantirish bo‘limida qolmoqda.

 

Marhumaning yaqinlari bildirishicha, ayol Toshkent viloyatining Bekobod shahridan Sirdaryoga kelin bo‘lgan.

 

“U ayol bir necha bor kuyovimga borib xotiningni o‘ldiraman deb aytgan ekan. Kuyovim qo‘lingdan kelmaydi, degan. Mana, nima bo‘ldi, qizim va nevaramdan ayrildim. Qizimning 4 farzandi bor edi. 8 yoshli o‘g‘li va 20 kunlik chaqalog‘i qoldi.

Shifoxonadagi nevaram ham og‘ir ahvolda. Tegishli tashkilotlardan iltimos qilaman, ularni bizning qaramog‘imizga olib berishsin”, degan ayolning otasi.

 

“O‘sha kuni opam uyida kir yuvib o‘tirgan bo‘lgan. U ayol borib, pichoq bilan tashlangan. Baqir-chaqirni eshitib, uydan ikki qizi yugurib chiqqan. Ularga ham pichoq urgan”, degan marhumaning jiyani.

 

Bosh prokuror matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning nashrga bildrishicha, holat yuzasidan Sirdaryo viloyati o‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan oam o‘ldirish) 2-qismi “a,v,j” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

 

Gumonlanuvchi N.X. protsessual tartibda ushlangan.  

custom img

Xayriya pullari totalizatorga tikildi: Farg‘onada yosh yigit ushlandi

Yigit ijtimoiy tarmoqlarda yordam so‘rab murojaat qilgan fuqarolarning mablag‘larini o‘zlashtirish uchun firibgarlik sxemasidan foydalangan.

custom img

Buxoroda zararli APK fayllar tarqatgan guruh ushlandi: 60 dan ortiq fuqaro jabr ko‘rgan

Gumonlanuvchilar Telegram orqali zararli APK fayllarni yuborib, qurilmalardagi bank ma’lumotlari va SMS-kodlarni qo‘lga kiritgan.

custom img

YPX xodimini obro‘sizlantiruvchi video tarqatildi: fuqaro 10 sutkaga qamaldi

Sudda fuqaro qilgan ishidan pushaymonligini bildirib, aybiga iqror bo‘ldi va bunday holatni boshqa takrorlamasligini aytdi.

custom img

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

custom img

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqand va Sirdaryodagi holatlarda fuqarolardan “Umra” ziyoratini tashkil etish evaziga jami 4300 AQSH dollari talab qilingan.

custom img

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Fuqaroning litsenziya olmasdan kripto-aktivlarni o‘tkazish bilan shug‘ullangani aniqlangan.

custom img

“Foizsiz kredit” tuzog‘i: 400 dan ortiq kishi aldandi

Toshkent viloyatida fuqarolarga foizsiz kredit olib berishni va’da qilib, ularning pulini o'zlashtirgan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"