O'zbekiston

Milliy markaz va Odil sudlov akademiyasi o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida sud tizimida inson huquqlari bo‘yicha ilmiy-amaliy hamkorlik kuchaytiriladi.

Milliy markaz va Odil sudlov akademiyasi o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha memorandum imzolandi

30-aprel kuni Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi bilan O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumni imzolash marosimi  bo‘lib o‘tdi. Unda Odil sudlov akademiyasi professor-o‘qituvchilari va tinglovchilari, Milliy markaz xodimlari va doktorantlari ishtirok etdi.

 

 

Tadbirni Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori akademik Akmal Saidov ochar ekan, mazkur Memorandumni imzolashdan ko‘zlangan maqsad-vazifalar haqida muxtasar to‘xtaldi.

 

 

Bunda, xususan, O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi o‘quv dasturlari, o‘quv-metodik va normativ materiallarini ishlab chiqishda, yangi avlod sudyalari va sud tizimi xodimlari faoliyatida inson huquqlarini himoya qilishga oid fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni amalga oshirishda, qonunchilik va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirishga doir ilmiy asoslangan xulosa va tavsiyalar ishlab chiqishda yaqindan hamkorlikni amalga oshirish asosiy maqsad hisoblanishi ta’kidlandi.  

 

 

Odil sudlov akademiyasi kurslarida “Inson huquqlari”, “Ayollar huquqlari”, “Bola huquqlari”, “Ichki ishlar organlari faoliyatiga oid inson huquqlari bo‘yicha xalqaro standartlar” o‘quv modullarini o‘qitish tizimini joriy etish, o‘quv jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, masofaviy ta’limni, o‘qitish va treninglarning interfaol hamda muammoli-vaziyatli uslublarini keng joriy etish kabi masalalar haqida ham so‘z yuritildi.

 

 

Memorandumni Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov va O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi rektori Sherzod Abduqodirov imzoladilar.

 

 

Tadbir doirasida Vazirlar Mahkamasining 2020-2025-yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash milliy dasturi hamda Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan ham o‘zaro fikr almashildi. Bu borada kutubxonalar faoliyatini yanada rivojlantirish, ayniqsa, muhim ekaniga e’tibor qaratildi.

 

 

Muloqot yakunida O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi kutubxonasi fondi uchun Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan nashr ettirilgan 190 dan ortiq huquqiy adabiyot va qo‘llanmalar  taqdim etildi.

 

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti direktori Murod Turg‘unov ishtirok etdi hamda so‘zga chiqdi.

 

 

“Og‘ir moddiy ahvolga tushib qolgan”: ona va farzandlari O‘zbekistonga qaytarildi

“Og‘ir moddiy ahvolga tushib qolgan”: ona va farzandlari O‘zbekistonga qaytarildi

Ayol Xabarovskda Rossiyada bo‘lish qoidalarini buzganligi sababli huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan to‘xtatilgan.

Toshkentda havo sifati: 2-noyabr kuni ertalab yaxshilanishi kutilmoqda

Toshkentda havo sifati: 2-noyabr kuni ertalab yaxshilanishi kutilmoqda

2-noyabrga o‘tar kechasi havo sifati AQI bo‘yicha «nosog‘lom», milliy indeks bo‘yicha esa «zarg‘aldoq» darajaga yetishi mumkin.

Toshkentda qiz o‘zini kanalga tashladi: inspektorlar uni qutqarib qoldi

Toshkentda qiz o‘zini kanalga tashladi: inspektorlar uni qutqarib qoldi

U shifoxonaga yetkazilgani, hozirda ahvoli barqarorligi bildirildi.

Toshkentda jamoat transporti: 20 ta yo‘nalishda qatnov vaqti uzaytiriladi

Toshkentda jamoat transporti: 20 ta yo‘nalishda qatnov vaqti uzaytiriladi

Kechki qatnovlar oralig‘i 15–20 daqiqadan oshmasligi belgilangan.

Metroda 5 vagonli poyezdlar qatnay boshlaydimi? Rasmiy munosabat bildirildi

Metroda 5 vagonli poyezdlar qatnay boshlaydimi? Rasmiy munosabat bildirildi

Toshkent metropoliteni 20-noyabrgacha 5 vagonli harakat tarkiblari yo‘lga qo‘yilishi haqidagi xabarlarga izoh berdi.

“Zakovat” nafaqat bilim, balki mustaqil fikrlashni ham rivojlantiradi — Saida Mirziyoyeva

“Zakovat” nafaqat bilim, balki mustaqil fikrlashni ham rivojlantiradi — Saida Mirziyoyeva

“Zakovat-Gambit” turnirida qatnashchilar soni o‘tgan yilga nisbatan ikki barobar oshib, qariyb 6 ming nafarga yetdi.

300 mln so‘mlik jarima bilan qo‘rqitib, 4 ming dollar so‘ragan elektrchilar ushlandi

300 mln so‘mlik jarima bilan qo‘rqitib, 4 ming dollar so‘ragan elektrchilar ushlandi

Namanganda 2 nafar elektr xodimi dalolatnoma rasmiylashtirmaslik evaziga pul talab qilgan.

Afg‘onistonga yuk tashish qimmatlashadi: ayrim mahsulotlar bundan mustasno

Afg‘onistonga yuk tashish qimmatlashadi: ayrim mahsulotlar bundan mustasno

Afg‘onistonlik tadbirkorlar bu o‘zgarish ichki bozordagi mahsulotlar narxiga ta’sir qilishi mumkinligini bildirmoqda.