O'zbekiston

“Elektron retsept” tizimi bekor qilinmaydi — SSV

Ijtimoiy tarmoqlarda mazkur tizim bekor qilinishi yuzasidan tarqalgan xabarlarga oydinlik kiritildi.

“Elektron retsept” tizimi bekor qilinmaydi — SSV

Ijtimoiy tarmoqlarda “Elektron retsept” tizimi bekor qilindi” mazmunida xabarlar tarqalmoqda. Mazkur holatga rasmiy munosabat bildirildi.

 

Qayd etilishicha, ushbu xabarlarga Sog‘liqni saqlash vazirligining Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirilgan “Elektron retsept” tizimini bosqichma-bosqich joriy etish tartibini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi buyruq loyihasi asos qilib keltirilyapti. 

 

Vazirlik mazkur buyruq loyihasi ijtimoiy tarmoqlarda noto‘g‘ri talqin qilinayotganini bildirdi.

 

Xabarga ko‘ra, Sog‘liqni saqlash vazirligining 2025-yil 15-dekabrdagi 25-son buyrug‘ida  “Elektron retsept” tizimi asosida beriladigan dori vositalarining ro‘yxati bosqichma-bosqich shakllantirilishi ko‘zda tutilgan. 

 

Ya’ni birinchi bosqichda tizimli ta’sirga ega antibiotiklar, sintetik antibakterial preparatlar hamda gormonal dori vositalari uchun elektron retsept majburiy bo‘lishi belgilangan. 

 

“ Yangi buyruq loyihasida esa Toshkent shahri hamda tajriba-sinov loyihasi amalga oshirilayotgan 15 ta tuman (shahar)da joylashgan barcha tibbiyot tashkilotlari va dorixonalarda retsept bilan beriladigan dori vositalari elektron retsept tizimiga to‘liq o‘tkazilishi nazarda tutilmoqda (alohida toifadagi kuchli ta’sir qiluvchi moddalar, tarkibida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar saqlovchi dori vositalari hamda reimbursatsiya dasturi bilan bog‘liq jarayonlar bundan mustasno)”, deyiladi xabarda.

 

Saida Mirziyoyeva Turkiya Prezidentining ikki rasmiysi bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Turkiya Prezidentining ikki rasmiysi bilan uchrashdi

Muzokaralarda ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash va yangi tashabbuslarni amalga oshirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston Prezidenti Bokuga amaliy tashrifini yakunladi

O‘zbekiston Prezidenti Bokuga amaliy tashrifini yakunladi

Oliy martabali mehmonni Ozarbayjon Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Shahin Mustafayev va boshqa rasmiylar kuzatib qo‘ydi.

O‘zbekistonda ish joyidagi tazyiq, zo‘ravonlik va kamsitishga qarshi milliy dastur boshlandi

O‘zbekistonda ish joyidagi tazyiq, zo‘ravonlik va kamsitishga qarshi milliy dastur boshlandi

Dekabrga qadar ish joyidagi tazyiq va kamsitishlar haqida anonim xabar berish imkonini beruvchi portal ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

Nukusda MIB orqali avtohalokat natijasida yetkazilgan zarar undirib berildi

Nukusda MIB orqali avtohalokat natijasida yetkazilgan zarar undirib berildi

Maʼlum bo‘lishicha, haydovchi boshqa avtomashinaga yo‘l bermaganligi oqibatida to‘qnashib, unga 54 mln so‘m moddiy zarar yetkazgan.

Namanganda MIB orqali 11 ta telefon yo‘q qilindi

Namanganda MIB orqali 11 ta telefon yo‘q qilindi

Shu tariqa sud qarori ijrosi to‘liq taʼminlangan.

Saida Mirziyoyeva Turkiya Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Turkiya Prezidenti bilan uchrashdi

Muloqotda ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Hokimlikdan prokuraturaga: Toshkent shahar prokuroriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Hokimlikdan prokuraturaga: Toshkent shahar prokuroriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Nilufar Allabergenova ushbu tayinlovga qadar Yakkasaroy tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritgan.

Erta nikohga qarshi jazo kuchaytirildi: jarimalar 50 BHMgacha oshdi

Erta nikohga qarshi jazo kuchaytirildi: jarimalar 50 BHMgacha oshdi

Bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilishga qaratilgan qonun bilan erta nikoh va nikoh tuzish tartibini buzganlik uchun jarimalar oshirildi.