O'zbekiston

Namanganda 24 maydan 12-iyulgacha 65-xalqaro gullar festivali o‘tkaziladi

Festival davomida Namangan 100 milliondan ortiq gul bilan bezatiladi.

Namanganda 24 maydan 12-iyulgacha 65-xalqaro gullar festivali o‘tkaziladi

Namangan shahrida 24-maydan 12-iyulga qadar an’anaviy Xalqaro gullar festivalining 65-mavsumi bo‘lib o‘tadi. Tadbir doirasida shahar keng ko‘lamli madaniy, sport va turizm dasturlari bilan mehmonlarni qabul qiladi.

 

Tashkilotchilar ma’lumotiga ko‘ra, festival davomida Namangan 100 milliondan ortiq gul bilan bezatiladi. Bu esa shaharning turistik jozibasini yanada oshirishi kutilmoqda.

 

Dasturga muvofiq, har kuni turli yo‘nalishlarda tadbirlar o‘tkaziladi. Jumladan, jahon va milliy estrada yulduzlari ishtirokida konsertlar, Fashion Week doirasidagi moda namoyishlari, xalqaro va mahalliy sport musobaqalari rejalashtirilgan.

 

Shuningdek, ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar, teatr spektakllari va sirk tomoshalari, xalqaro hunarmandchilik ko‘rgazmalari ham o‘rin olgan. Festival dasturidan kulgu kechalari, gastronomik tadbirlar, xususan “Dunyo taomlari Namanganda” gastronomik turizm tadbirlari joy olgan.

 

Bundan tashqari, “Lavanda sayli” hamda zamonaviy dron-shoular tashkil etilishi rejalashtirilgan.

 

Mutaxassislar fikricha, festival hududda turizmni rivojlantirish, madaniy almashinuvni kengaytirish va mahalliy iqtisodiy faollikni oshirishga xizmat qiladi.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"