O'zbekiston

“Matbuot erkinligi kuni — tabrik bilan o‘lchanadigan bayram emas”

“Chegara bilmmas muxbirlar” tashkilotining matbuot erkinligi bo‘yicha yangi reytingda O‘zbekiston bir pog‘onaga ko‘tarilgan, biroq hisobotda mamlakatdagi OAV bilan bog‘liq vaziyat “hamon murakkab”ligicha qolmoqda.

“Matbuot erkinligi kuni — tabrik bilan o‘lchanadigan bayram emas”

“Chegara bilmas muxbirlar” xalqaro tashkiloti matbuot erkinligining yillik reytingini (2026 World Press Freedom Index) eʼlon qildi. O‘zbekiston 180 ta davlat orasida 147-o‘rinda qayd etildi.

 

 

“2016-yilda Prezident Islom Karimov vafotidan so‘ng ommaviy axborot vositalari uchun sharoitlar juda kam darajada yaxshilandi, xolos, hokimiyat tepasidagilarni tanqid qilish hamon juda murakkab masala bo‘lib qolmoqda”, — deyiladi hisobotda.

 

Hisobotda hukumat “OAV va hukumatga yaqin bo‘lgan blogerlarning katta guruhi ustidan kuchli nazoratni amalga oshirayotgani” qayd etilgan.

 

“Hukumat repressiv media qonunlariga chek qo‘yish uchun zarur bo‘lgan islohotlarni hali amalga oshirgani yo‘q. Senzura, kuzatuv va o‘zini o‘zi senzura qilish keng tarqalgan. O‘z mustaqilligini saqlab qolish maqsadida ayrim mahalliy onlayn nashrlar rasmiy ravishda OAV sifatida ro‘yxatdan o‘tishga ikkilanadi, chunki bu ularni jinoiy javobgarlikka tortilish va eʼlon qilgan kontenti uchun katta miqdordagi jarimalarga duch kelish xavfi ostida qoldiradi”.

 

Shuningdek, “rasmiylar iqtisodiy bosim o‘tkazishdan yoki jurnalistlarni sotib olishga urinishdan tap tortmasligi” taʼkidlangan.

 

“Mustaqil OAVning rivojlanishiga, ayniqsa, erkin matbuotni qo‘llab-quvvatlovchi xorijiy tashkilotlar tomonidan moliyalashtirishni cheklovchi qonun va qoidalar ham katta to‘sqinlik qilmoqda”, — deydi “Chegara bilmas muxbirlar”.

 

AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) tomonidan ajratiladigan mablag‘larning kamayishi ham O‘zbekistondagi matbuot ahvoliga juda salbiy taʼsir ko‘rsatgani va mustaqil nashrlarni yanada zaiflashtirgani qo‘shimcha qilindi.

 

“Markaziy Osiyo mintaqasi tobora qadriyatlari ostin-ustun bo‘lib ketgan ulkan laboratoriyaga o‘xshab bormoqda. Unda qonuniylik sunʼiy xarakterda bo‘lib, axborot olish huquqini himoya qilishga emas, balki birinchi navbatda hukumat manfaatlariga xizmat qiladi”, — deb hisoblaydi RSF.

 

Jurnalist Ilyos Safarovga ko‘ra, matbuot erkinligi bo‘yicha xalqaro reytingda mamlakat o‘rni tobora yomonlashib, mamlakat rangi esa to‘q qizillashib bormoqda. Safarov 3-may Jahon matbuot erkinligi kunini nishonlashni allaqachon to‘xtatganmiz demoqda.

 

“Masalan, hozir “Oltin qalam” milliy mukofoti topshirilishi 27 iyunga (Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni) ko‘chirilgan. Bu esa bayram mohiyatini “erkinlik”dan ko‘proq “kasbiy bayram”ga o‘zgartirishga urinishdek ko‘rinadi.

 

Qarangki, bu yilgi reytingda o‘rnimiz bir pog‘ona “yaxshilanibdi” — 148 dan 147-o‘ringa ko‘tarilibmiz.  Ammo sinchiklab qaralsa, bu baribir aldamchi raqam bo‘lib chiqadi: umumiy ballimiz 34.95 dan 35.24 ga yomonlashgan. Bu degani bizda o‘tgan bir yil davomida vaziyat yaxshilangani yo‘q, shunchaki boshqa mamlakatlarda ahvol bizdagidan ko‘ra keskinroq yomonlashgan”, - deya yozadi u o‘zining Telegram sahifasida.

 

Jurnalist Nozima Toshpo‘latova bugungi kunni jurnalistlar uchun “bayram”dan ko‘ra ko‘proq sarhisob kuni ekanligini o‘zining Telegram kanalida yozmoqda.

 

“Bu kun so‘z erkinligi qay darajada himoya qilinayotgani, jurnalistlar qanday muhitda ishlayotgani va jamiyat haqiqatni aytish huquqini qanchalik qadrlayotganini o‘ylash uchun belgilangan.

 

“Matbuot erkinligi kuni — tabrik bilan o‘lchanadigan bayram emas, jamiyatning nafas olish imkoniyatidir.

 

O‘zbekistonda matbuot erkinligi holati hamon “juda qiyin” darajada qolmoqda. Siyosiy indikator bo‘yicha mamlakat 152-o‘rinda, ijtimoiy muhit bo‘yicha esa 159-o‘rinda qayd etilgan. Bu raqamlar jurnalistikada asosiy muammo faqat qonunlarda emas, balki muhit, bosim, o‘zini senzura qilish va tanqidga munosabatda ekanini ko‘rsatadi.

 

2026-yilgi global holat ham tashvishli: RSF indeksiga ko‘ra, dunyoda matbuot erkinligi so‘nggi 25 yildagi eng past darajaga tushgan”, deya yozadi u.

 

Shuningdek, jurnalist bayram qachon bo‘ladi degan savolni o‘rtaga tashladi. Uning yozishicha, “tanqidchi jurnalist sud, bosim, tahdid yoki “dushman” degan tamg‘adan qo‘rqmasdan ishlasa. Davlat idoralari jurnalist savolini hujum emas, jamoatchilik nazorati deb qabul qilsa. Tanqid qilgan odam obro‘sizlantirilmasa. Ochiq fikr aytgan bloger va jurnalistlar trollar qo‘li bilan nishonga olinmasa. “404”lar, sud daʼvolari, bosimlar va o‘zini senzura qilish odatiy holga aylanmasa”, shundagina bu kunni bayram qilish mumkin.

 

“Hozircha esa 3 may — biz uchun bayram emas. Bu kun jurnalistika nima uchun kerakligini, so‘z erkinligi yo‘qolsa boshqa huquqlar ham zaiflashishini yana bir bor eslatadigan sana.

 

Shunday ekan, bugun bayram bilan tabriklayotgan matbuot xizmatlari shunchaki “qaysi jurnalistning savoliga o‘z vaqtida javob bermadim?”, “birinchi rahbarim bilan intervyu yoki matbuot anjumani tashkil qila oldimmi?”, “tanqidiy material bergan jurnalistga yomon munosabatda bo‘lmadimmi?”, “nega faqat maqtov yozuvchilar bilan ishlayapman, bu qanchalik samarali?”, “maʼlumotlarni yetarlicha bera olmaslik sababli odamlar bilan hokimiyat o‘rtasida ko‘prik emas, to‘g‘onga aylanib qolmayapmanmi?” degan savollarni o‘zlariga berib, javob izlashsa foydaliroq bo‘lardi”, deya so‘zini yakunlagan jurnalist.

 

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.