O'zbekiston

Samarqandda faxriy jurnalist bilan uchrashuv o‘tkazildi

Muayyana Xo‘jayeva bir qator OAVlarda ishlagan bo‘lib, Kuba universitetida ham faoliyat yuritgan.

Samarqandda faxriy jurnalist bilan uchrashuv o‘tkazildi

9-may — Xotira va qadrlash kuni arafasida Samarqand shahrida O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi vazifasini bajaruvchi Shuhrat Oripov hamda Uyushmaning viloyat bo‘limi rahbari Akram Haydarov O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Muayyana Xo‘jayeva xonadonida bo‘ldi.

 

 

Tashrif davomida ustoz jurnalist bilan samimiy suhbat tashkil etilib, uning uzoq yillik ijodiy faoliyati va hayot yo‘li haqida fikr almashildi.

 

 

Ma’lumot o‘rnida, Muayyana Xo‘jayeva o‘z mehnat faoliyatini 1963-yilda viloyat radiosida boshlagan. Keyinchalik u “Ovozi tojik” gazetasi hamda O‘zbekiston teleradiokompaniyasida faoliyat yuritgan. 

 

Shuningdek, ispan, ingliz va arab tillarida erkin muloqot qila olishi bilan ajralib turadi. 1970–1972-yillarda Kuba universitetida ham faoliyat olib borgan.

 

Uning boy tajribasi va ijodiy merosi bugungi yosh jurnalistlar uchun muhim ibrat maktabi ekani ta’kidlandi.

 

Muloqot davomida o‘zbek jurnalistikasi rivojiga ulkan hissa qo‘shgan marhum jurnalistlar xotirasi yod etildi.

 

Shuningdek, sohaning yangi avlodini tarbiyalashda faxriy jurnalistlar tajribasidan samarali foydalanish zarurligi qayd etildi.

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.