O'zbekiston

Andijonda soxta prokuratura xodimi pora olayotganda qo‘lga olindi

U haydovchilik guvohnomasiga o‘qitish markazi tashkil etish uchun ruxsatnoma olib berishni va’da qilgan.

Andijonda soxta prokuratura xodimi pora olayotganda qo‘lga olindi

 

Andijon viloyatining Oltinko‘l tumanida o‘zini prokuratura organlari xodimi sifatida tanishtirib, firibgarlik yo‘li bilan pul talab qilgan shaxs jinoyat ustida qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.

 

Qayd etilishicha, tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 2-son kasb-hunar maktabi direktori X.E. huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilgan. U o‘z arizasida tuman fuqarosi O. ismli shaxs o‘zini Andijon viloyati prokuraturasi xodimi sifatida tanishtirgan A. ismli tanishi orqali muassasada haydovchilik guvohnomasiga o‘qitish markazi tashkil etish uchun ruxsatnoma olib berishni va’da qilganini bildirgan.

 

Mazkur “xizmat” evaziga 10 ming AQSH dollari talab qilingan bo‘lib, ushbu mablag‘ning 4 ming dollari olayotgan vaqtida gumonlanuvchi ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

 

Shuningdek, gumonlanuvchi O.M. ning arizasiga asosan tezkor tadbirlar davom ettirilib, fuqaro A.Yu. ham O.M.dan 4 ming AQSH dollari olayotgan vaqtida qo‘lga olingan.

 

Dastlabki o‘rganishlarga ko‘ra, A.Yu. davlat organlarida, jumladan prokuratura tizimida ishlamasligi aniqlangan. U olingan pullarni shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflamoqchi bo‘lganini bildirgan.

 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) hamda 28, 211-moddalari (pora berish) asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.