Jahon

Eron AQShga 14 banddan iborat tinchlik rejasini taqdim etdi

AQSh reja bilan tanishib chiqishini, biroq uni maqbul deb hisoblamasligini qayd etgan.

Eron AQShga 14 banddan iborat tinchlik rejasini taqdim etdi

Eron rasmiylari AQShga mojaroni tugatishga qaratilgan 14 banddan iborat tinchlik rejasini yubordi. Bu haqda mamlakatning Fars va Tasnim axborot agentliklari xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, hujjat Tehron va Vashington o‘rtasida davom etayotgan muzokaralar doirasida ishlab chiqilgan bo‘lib, AQShning avval taqdim etgan 9 bandlik taklifiga javob sifatida shakllantirilgan. Rejada mojaroni tugatish bo‘yicha asosiy shartlar va kelishuvga erishish yo‘l xaritasi aks etgan.

 

Eron tomoni ikki oylik sulh taklifini qo‘llab-quvvatlamasligini bildirib, asosiy masalalarni 30 kun ichida hal qilish va vaqtinchalik sulh o‘rniga to‘liq urushni yakunlash zarurligini ta’kidlagan.

 

Hujjatda bir qator talablar ilgari surilgan. Xususan, AQShdan harbiy harakatlarni to‘xtatish, tajovuz qilmaslik bo‘yicha kafolatlar berish, Amerika qo‘shinlarini mintaqadagi qo‘shni hududlardan olib chiqish, dengiz blokadasini bekor qilish, Eronning muzlatilgan aktivlarini ozod qilish hamda sanksiyalarni bekor qilish so‘ralgan. Shuningdek, yetkazilgan zarar uchun kompensatsiya to‘lash va mintaqadagi, jumladan Livandagi harbiy harakatlarni to‘xtatish talabi ham ilgari surilgan.

 

Bundan tashqari, Hormuz bo‘g‘ozidagi vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha alohida mexanizmlar taklif etilgan.

 

Qayd etilishicha, mazkur hujjat Eron ichki idoralarida barcha zarur tasdiqlash jarayonlaridan o‘tkazilgach, vositachi tomon orqali AQShga yetkazilgan.

 

Hozirda Tehron rasmiylari Vashingtonning rasmiy javobini kutmoqda.

 

Donald Tramp esa Eron tomonidan ilgari surilgan shartlar qabul qilinishi ehtimoli pastligini bildirib, AQSh reja bilan tanishib chiqishini, biroq uni maqbul deb hisoblamasligini qayd etgan.

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.