O'zbekiston

Ohangaronda IIB xodimini pedofiliyada ayblagan yigit 7 sutkaga qamaldi

18 yoshli fuqaro ijtimoiy tarmoqlarda tarqatgan yolg‘on ma’lumoti uchun jazolandi.

Ohangaronda IIB xodimini pedofiliyada ayblagan yigit 7 sutkaga qamaldi

Toshkent viloyati Ohangaron shahrida ichki ishlar organi xodimini asossiz ravishda pedofiliyada ayblab, yolg‘on axborot tarqatgan 18 yoshli fuqaro ma’muriy javobgarlikka tortildi. Bu haqda viloyat IIBB matbuot xizmati ma’lum qildi.

 

Qayd etilishicha, mazkur shaxs ijtimoiy tarmoqlarda video tarqatib, ichki ishlar xodimini voyaga yetmagan qizga nisbatan noqonuniy harakatlarda ayblagan.

 

Holat yuzasidan aniqlik kiritish maqsadida u ichki ishlar bo‘limiga chaqirilgan. Biroq fuqaro xodimlarning qonuniy talablariga bo‘ysunmasdan, bino hududida janjal ko‘targan.

 

O‘tkazilgan surishtiruvlar davomida fuqaro o‘zi tarqatgan ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini tan olgan.

 

Sud qaroriga ko‘ra, ushbu shaxs hamda uning ikki nafar sherigiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183, 194 va 195-moddalari asosida 7 sutkadan ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

 

Ma’lum qilinishicha, holat yuzasidan qo‘shimcha tergov harakatlari davom ettirilmoqda. Jumladan, ichki ishlar xodimini qasddan obro‘sizlantirish, internet orqali yolg‘on axborot tarqatish hamda transport vositasiga zarar yetkazish holatlari bo‘yicha tekshiruv olib borilmoqda.

 

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.