O'zbekiston

Toshkent viloyatida o‘lik baliqlarni kanalga tashlagan kompaniya 92 mln so‘m jarimaga tortildi

Zangiota tumanida baliqchilik xo‘jaligida kislorod yetishmasligi oqibatida baliqlar nobud bo‘lgan.

Toshkent viloyatida o‘lik baliqlarni kanalga tashlagan kompaniya 92 mln so‘m jarimaga tortildi

 

Toshkent viloyatining Zangiota tumanida joylashgan baliqchilik xo‘jaligida sodir bo‘lgan ekologik holat yuzasidan tegishli organlar tomonidan tekshiruv o‘tkazildi. Bu haqda Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bo‘yicha milliy qo‘mitaning Davlat atrof-muhitni nazorat qilish inspeksiyasi ma’lum qildi.

 

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda Achchisoy kanalida baliqlarning nobud bo‘layotgani aks etgan. Mazkur holat yuzasidan o‘tkazilgan tezkor o‘rganishlar natijasida voqea Zangiota tumani Ittifoqchi mahallasida joylashgan “Damachi Baliq” MChJga tegishli sun’iy suv havzasida yuzaga kelgani aniqlangan.

 

Mutaxassislar xulosasiga ko‘ra, suv sathining pasayishi va kislorod yetishmasligi oqibatida 200–300 gramm og‘irlikdagi baliqlar nobud bo‘lgan. Shundan so‘ng, o‘lik baliqlar xo‘jalik xodimi tomonidan Achchisoy kanaliga tashlab yuborilgan.

 

Shuningdek, xo‘jalik faoliyati natijasida hosil bo‘lgan oqava suvlar laboratoriya tahlilidan o‘tkazilganda, ekologik me’yorlardan sezilarli darajada oshib ketganligi aniqlangan. Jumladan, ammoniy azot miqdori me’yordan 1,7 baravar, nitrit azoti 1,95 baravar, quruq qoldiq 1,28 baravar va umumiy fosfor 1,8 baravar yuqori ekani qayd etilgan.

 

Mazkur holat oqava suvlarni yetarli darajada tozalamaslik, suv havzalarining ifloslanishi hamda ekologik muvozanatning buzilishiga olib kelishi mumkinligi ta’kidlangan.

 

Tekshiruv yakunlariga ko‘ra, korxonaga 92 million so‘mdan ortiq miqdorda kompensatsiya to‘lash majburiyati yuklatilgan. Mas’ul shaxslarga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi hamda bunday holatlarning takrorlanishining oldini olish bo‘yicha majburiy ko‘rsatmalar berilgan.

 

Shuningdek, Achchisoy kanali o‘lik baliqlardan tozalangan.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

custom img

25 yilgacha yoki umrbod: bolalarga qarshi jinsiy jinoyatlar uchun jazo kuchaytiriladi

Voyaga yetmaganlarga nisbatan qasddan og‘ir yoki o‘rtacha og‘ir tan jarohati yetkazish hamda ayrim uyatsiz-buzuq harakatlar og‘irlashtiruvchi holat sifatida belgilanadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"