O'zbekiston

Jamoat transportida sun’iy intellekt texnologiyalari joriy qilinadi

Samarqand, Namangan, Xiva va boshqa turizm shaharlari uchun zamonaviy “yashil transport” dasturlari ishlab chiqiladi.

Jamoat transportida sun’iy intellekt texnologiyalari joriy qilinadi

Prezident Shavkat Mirziyoyev hududlarda jamoat transporti tizimini yanada rivojlantirish, aholiga qulay va xavfsiz transport xizmatlarini ko‘rsatish hamda sohadagi ishlarni jadallashtirish yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.

 

So‘nggi yillarda mamlakatda ekologik toza va zamonaviy jamoat transportini rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, oxirgi uch yil davomida poytaxt va viloyat markazlariga 2 ming 650 ta zamonaviy avtobus va elektrobus olib kelinib, brutto-shartnoma asosida 279 ta yangi muntazam yo‘nalish tashkil etildi.

 

Natijada yo‘nalishga har kuni chiqayotgan avtobuslar soni 3 ming 150 taga yetdi. Kunlik qatnovlar soni 18 mingdan 45,2 mingtaga, yo‘lovchilar oqimi esa 900 ming nafardan 2,3 million nafarga oshdi. Shuningdek, sohada 4,8 mingta yangi ish o‘rni yaratildi.

 

Taqdimotda urbanizatsiya jarayonlari va aholi harakatining ortib borayotgani sababli jamoat transporti tizimini yagona aglomeratsiya tamoyili asosida rivojlantirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi. Unga ko‘ra, shaharlarga tutash 12 kilometrgacha bo‘lgan hududlarni ham brutto-shartnoma asosidagi avtobus qatnovlari bilan qamrab olish rejalashtirilmoqda.

 

Jumladan, Toshkent viloyatining Nazarbek, Shifobaxsh suvlar va Uch Qahramon hududlarini poytaxt bilan bog‘lash orqali avtomobillar oqimini kamida 20 foizga kamaytirish mumkinligi qayd etildi. Umuman, poytaxtda 19 ta, viloyat markazlarida esa 79 ta yangi yo‘nalish tashkil etilishi rejalashtirilgan.

 

Shuningdek, “elektropoyezd – avtobus” va “elektropoyezd – metro” kabi integratsiyalashgan tarif tizimlarini joriy etish masalalari muhokama qilindi.

Hududlarda jamoat transporti parkini yangilash maqsadida yana 1,5 mingta katta va o‘rta sig‘imli avtobuslarga ehtiyoj borligi qayd etildi. Shu bois tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, kredit liniyalarini kengaytirish hamda avtobuslarni import qilishda utilizatsiya yig‘imidan ozod qilish muddatini yana ikki yilga uzaytirish taklif etildi.

 

Taqdimotda haydovchilar uchun xavfsiz va munosib mehnat sharoitlarini yaratish masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi. Ayrim haydovchilarning me’yordan ortiq ishlayotgani xizmat sifati va harakat xavfsizligiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani ta’kidlandi. Shu munosabat bilan bir avtobusga to‘g‘ri keladigan haydovchilar sonini 2 nafardan 3 nafarga oshirish vazifasi qo‘yildi.

Bundan tashqari, dispetcherlik markazlari faoliyatiga sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish orqali avtobuslar harakatini yo‘lovchilar oqimiga mos ravishda boshqarish taklif qilindi. Bu esa yo‘lovchi tashish tannarxini 10–15 foizga qisqartirish imkonini beradi.

 

Davlat rahbari jamoat transportini rivojlantirishda turizm markazlariga ham alohida e’tibor qaratish zarurligini ta’kidladi. Samarqand va Namangan uchun zamonaviy “yashil transport” master-rejalarini ishlab chiqish, shuningdek, Xiva, Shahrisabz, Marg‘ilon va Qo‘qon kabi yirik turizm shaharlari uchun ham jamoat transportini rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

 

Prezident jamoat transporti aholi hayot sifati, ekologiya, iqtisodiy faollik va shaharlardagi harakat madaniyati bilan bevosita bog‘liq muhim soha ekanini ta’kidlab, transport xizmatlari sifati va xavfsizligini oshirish, yo‘nalishlarni kengaytirish hamda raqamlashtirishni jadallashtirish yuzasidan mutasaddilarga aniq topshiriqlar berdi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Jamoat transportida sun’iy intellekt texnologiyalari joriy qilinadi | Zamon.uz