O'zbekiston

Mintaqada barqarorlik uchun zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish zarur — Eron elchixonasi

Eronning O‘zbekistondagi elchixonasi Yaqin Sharqda barqarorlik faqat diplomatiya, muloqot va kollektiv hamkorlik orqali ta’minlanishi mumkinligini bildirdi.

Mintaqada barqarorlik uchun zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish zarur — Eron elchixonasi

Eron Islom Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi mintaqada va xalqaro maydonda tinchlik, barqarorlik va uzoq muddatli xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan pozitsiyasini bayon qildi.

 

Elchixona bayonotida ta’kidlanishicha, hozirgi sharoitda harbiy to‘qnashuvlarni zudlik bilan to‘xtatish, barqaror sulhga erishish hamda inqirozlarning qayta yuzaga kelishini oldini oladigan tekshiriladigan mexanizmlarni ishlab chiqish asosiy ustuvor yo‘nalishlardan biridir.

 

Qayd etilishicha, Eron tomoni allaqachon mojarolarni to‘xtatish bo‘yicha ko‘p bandli va muddatlari belgilangan taklifni ilgari surgan hamda qarshi tomonning javobini diplomatik kanallar orqali qabul qilgan. Mazkur taklif hozirda o‘rganilayotgani va yakuniy pozitsiya tahlil yakunlangach e’lon qilinishi bildirildi.

 

Elchixonaga ko'ra, harbiy bosim va xavfsizlik yo‘nalishidagi jarayonlar muammolarni hal qilmaydi, aksincha mintaqada beqarorlikni yanada kuchaytirishi mumkin.

 

Shuningdek, Eron bosim, sanksiyalar va bir tomonlama siyosat yondashuvlari samarasiz ekanini ta’kidlab, bunday usullar inqirozlarni hal etmagani, aksincha ishonchsizlik va keskinlikni kuchaytirganini qayd etgan.

 

Bayonotda Eron mintaqadagi beqarorlikka oid ayblovlarni rad etib, o‘zining tinchlik, muzokara va siyosiy yechimlarni qo‘llab-quvvatlashga asoslangan siyosatini davom ettirishini bildirgan.

 

Shu bilan birga, Isroilning harakatlari mintaqaviy keskinlikni kuchaytiruvchi omillardan biri sifatida tilga olinib, xalqaro huquq doirasida javobgarlik masalasi ko‘tarilayotgani qayd etilgan.

 

Eron, shuningdek, Falastin va Livandagi tinch aholini himoya qilish, zo‘ravonliklarni to‘xtatish hamda insonparvarlik yordamining to‘siqsiz yetkazilishini ta’minlashga chaqirgan.

 

Elchixona fikricha, mintaqaviy xavfsizlik faqat davlatlar o‘rtasidagi hamkorlik, o‘zaro hurmat va tashqi aralashuvlarsiz ta’minlanishi mumkin. Shu nuqtayi nazardan, tashqi kuchlar, xususan AQSh siyosatining keskinlikni kuchaytiruvchi omil bo‘lib qolayotgani ta’kidlangan.

 

Birlashgan Millatlar Tashkiloti kabi xalqaro institutlar keskinlikni kamaytirish va xalqaro huquq buzilishlarining oldini olishda faolroq rol o‘ynashi kerakligi qayd etilgan.

 

Eron elchixonasi yakunda mintaqada barqarorlik faqat diplomatiya, muloqot va kollektiv hamkorlik orqali ta’minlanishi mumkinligini yana bir bor ta’kidlagan.

custom img

Hamma kutgan qonun: Senat umrbod qamoq jazosini ma’qulladi

Hujjatga ko‘ra, 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga nisbatan ayrim jinsiy jinoyatlar uchun umrbod qamoq jazosi qo‘llanadi.

custom img

Yomg‘ir, qor va kuchli shamol: O‘zbekistonga sovuq havo kirib keladi

“O‘zgidromet” ob-havo keskin o‘zgarishidan ogohlantirdi.

custom img

Bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish: 14 yoshga to‘lmagan bolalarga nisbatan jinsiy jinoyatlar uchun jazo kuchaytiriladi

Senatda jazo choralarini kuchaytirish ko‘rib chiqilmoqda.

custom img

“Bu xabarlarni vazir yubormagan”: Oliy ta’lim vazirligidan ogohlantirish

Qo‘ng‘irotboy Sharipov nomidan yuborilayotgan xabarlar soxta ekani ma’lum qilindi.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"